Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:55

iPad 2 sotib olish uchun bir buyragidan ayrilgan xitoylik yigit afsus qilmoqda


Hatto prezidentlar ham iPad planshetidan foydalanishadi - Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va iPad.
Hatto prezidentlar ham iPad planshetidan foydalanishadi - Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va iPad.
Xitoyning Anxuy provinsiyasida istiqomat qiluvchi 17 yoshli Jeng ismli student yigit kompyuter olamida shov-shuvga sabab bo'lgan iPad 2 planshetini sotib olish uchun bir buyragini sotgan edi.

Bu haqda xabar bergan Global Times nashrining ma'lum qilishicha, 22 ming yuan (taqriban 3400 AQSh dollari) evaziga buyragidan ayrilgan, biroq iPad 2 egasi bo'lgan yigitchaning so'gligi borgan sari og'irlashib bormoqda va u bu ishga qo'l urganidan afsusda.

- iPad 2 sotib olmoqchi edim, biroq pulim yo'q edi. Men bilan Internet orqali bog'langan inson menga iPad 2 sotib olishda yordam bermoqchiligi aytdi. U menga bir buyragimni sotishni tavsiya qildi, - deydi yosh Jeng Global Times nashriga.

Jeng 28 aprel kuni Chenju shahridagi 198-kasalxonaga borib, u yerda bir buyragini oldiradi. Pul va iPad 2 bilan uyga kelgan Jeng bo'lib o'tgan "oldi-sotti"ni uyidagilardan yashira olmaydi. Jengning onasi bo'lgan ishni bilib qolib, darholda bu haqda politsiyaga xabar beradi.

Ayni damda politsiya Jengni buyragini sotishda o'rtamchilik qilgan insonni qidirmoqda. Chenju shahridagi 198-kasalxona rahbariyati esa organ transplantatisyasi bo'yicha qilingan operatsiya haqida xabari yo'qligini aytishgan.
XS
SM
MD
LG