Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 02:06

Iqtisodiy tizimdagi uch yuz rahbar ishdan olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston iqtisodiy kompleksi tizimida ishlab kelgan 297 nafar rahbar sustkashligi va mas’uliyatsizligi sabab lavozimidan bo‘shatildi.

Bu haqda 16-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Rasmiy xabarnomaga ko‘ra, yig‘ilishda ayrim rahbarlar “bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi” degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Ishdan ketkazilgan mas’ullar o‘rniga “zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarimizni rozi qilaman degan tashabbuskor yoshlar” tayinlangani bildirilgan.

Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma o‘zgarishi kerak. Ko‘rib turibsizlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlashib, yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘lyapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin kech bo‘ladi”, degan Mirziyoyev.

Iqtisodiy tizimdan ishdan bo‘shatilgan rahbarlar kimlar ekani, qanday maqomda faoliyat yuritgani ochiqlanmagan.

Prezident matbuot xizmati qaydicha, 2025-yilda mamlakat bo‘yicha 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Mirziyoyev bu maqsadga erishish uchun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari “o‘z ongini o‘zgartirishi, ish tizimi va yondashuvlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishi zarurligi”ni uqtirgan.

XS
SM
MD
LG