Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:16

Eron Olimpiada-2012 rasmiy saytiga to'siq qo'ydi


Londonda o'tadigan Olimpiada-2012 rasmiy sayti eronlik Internet foydalanuvchilari uchun to'sib qo'yildi. Bu haqda eronlik Twitter foydalanuvchulari xabar tarqatdi.

Ularga ko'ra, Eronda yozgi Olimpiada o'yinlari saytiga kirmoqchi bo'layotganlar mamlakat haqida rasmiy xabarlar chop etuvchi www.peyvandha.ir saytiga uloqtirib tashlanmoqda.

Olimpiada-2012 saytiga Eronda to'siq qo'yilganini mamlakatdagi Internet senzurasini kuzatib boruvchi BlockedIran xizmati ham tasdiqlamoqda.

Internetda kuchli senzura o'rtangan va bugunga kelib bir necha ming veb-saytga to'siq qo'ygan Eron hukumati yozgi Olimpiada o'yinlari sayti to'silishi boyicha rasmiy izoh berganicha yo'q.

Eslatib o'tamiz, 2011 yili rasmiy Tehron Londonda o'tadigan Olimpiada o'yinlarini boykot qilishi mumkinligi haqida e'lon qilgan edi. Bunday qarorga Olimpiada-2012 rasmiy belgisidagi raqamlar "Zion" (Sion - Isroildagi tog', Quddus shahri ramzi) so'ziga o'xshashligi sabab bo'lgani aytilgan edi.

Eron Olimpiya qo'mitasi raisi Bahram Ashrafzoda bahslarga sabab bo'lgan belgi mualliflarini "irqchilikda" ayblagan. Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi esa bu ayblovlarni rad etib, belgidagi raqamlar faqat 2012 yilni aks ettirishini aytishgan.

2012 yilda Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlari 27 iyuldan 12 avgustga qadar davom etadi.
XS
SM
MD
LG