Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:03

"Islohot tarafdorlarini dahshatga soldi". G‘arb nashrlari Sattoriyga chiqarilgan hukm haqida


Prezident Mirziyoyev jurnalist va blogerlar bilan - Samarqand, 26 - avgust, 2019
Prezident Mirziyoyev jurnalist va blogerlar bilan - Samarqand, 26 - avgust, 2019

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) O‘zbekiston hukumatini bloger Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod etishga chaqirdi.

Tashkilot 11 - may kuni e’lon qilgan bayonotida hukumat jurnalistlarga erkin va qasos olishlardan qo‘rqmasdan faoliyat olib borishga imkon berishi kerakligi urg‘ulanadi.

Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta tadqiqotchisi Mira Ritman esa Twitterda sud qarori O‘zbekistonda «so‘z erkinligiga zarba» bo‘lganligini aytdi.

10 - may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi bloger Otabek Sattoriyni 6 yarim yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. O‘zbekistonlik faollarning biri bu qarorni O‘zbekiston sud tizimini isloh qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarning yakuni, deb baholadi.

Sud 1980 - yilda Termiz shahrida tug‘ilgan sudlanuvchi Sattoriyni haqorat qilish va tovlamachilikda aybdor deb topdi. Davlat ayblovchisi uni 11 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan edi.

“Mirziyoyev blogerlari”

Otabek Sattoriy Surxondaryodagi ochiq mahkama jarayonida sudlov hay’ati raisi va prokurorlarga xitoban bir necha marta “orqasida prezident Mirziyoyev turgani”ni aytgan.

10 - may kungi sud hukmini yoritgan AQShdagi The Diplomat nashri ayni munosabat bilan prezident Mirziyoyevning o‘zbek blogerlariga bergan va’dasini eslatdi.

Мирзиёев оиласи ва юқоридаги коррупция - ўзбек матбуоти ҳануз ёзолмаётган мавзулар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:48 0:00

“Joriy yilning fevral oyida Termiz shahrida Telegram va YouTube portalidagi «Xalq fikri» videoblogidagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Otabek Sattoriy uyidan fuqaro kiyimidagi xodimlar tomonidan olib ketilganidan bir necha kun o‘tgach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh blogerga «Sizlar menga ko‘makchi, yelkadosh ... Man sizlardan bitta narsani iltimos qilmoqchiman: izlanishga erinmang», dedi.

Ammo oradan uch oy o‘tib, Sattoriy tovlamachilik va tuhmatda aybdor deb topilib, 6 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi”, deb yozadi nashr 11 - may kungi maqolasida.

Muallif Sattoriyga qo‘yilgan ayblov epizodlariga ham to‘xtalgan.

Sattoriyga qo‘yilgan ayblovlar shundan iboratki, u o‘z bloglari qahramonlarini shantaj qilgan va ularga tuhmat qilgan. Rasmiylar ayblovlariga ko‘ra, Sattoriy Sherobod tumanidagi bozor rahbariga agar u yangi telefon olib bermasa, bozorning kamchiliklari, jumladan, yuqori narxlar haqida jar solishini aytgan.

Sattoriyning o‘zi esa baland narxlar haqida blog yozish uchun bozor borganida noma’lum odamlar video olishiga to‘sqinlik qilib, telefonini sindirib tashlaganini aytib keladi.

Sattoriyning hamda voqeaga guvohi bo‘lgan yana bir jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ortidan bozor rahbari blogerning buzilgan telefoni o‘rniga boshqa olib berishini aytgan.

Sattoriy bozor rahbari yangi telefonni uning qo‘liga tutqazgan kunda hibsga olindi.

Sattoriyning advokati Umidbek Davlatov 6,5 yillik qamoq jazosini «mutlaqo adolatsiz hukm» deb atadi. Ko‘plab inson huquqlari himoyachilari ayni fikrni izhor qildi.

Janubiy Kaliforniya universitetining inson huquqlari amaliyoti bo‘yicha ad’yunkt-professori Stiv Sverdlov Twitterda «Bugun bloger #OtabekSattoriyga shubhali ayblovlar bilan 6,5 yillik qamoq jazosi hukm qilingani ortidan #O‘zbekiston tanqidiy jurnalistlarni qamoqqa tashlaydigan va so‘z erkinligiga hujum qiladigan mamlakatlar safida ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi», deb yozdi.

O‘zbekistonda blogerlar odatda mustaqil faoliyat yuritadi, ya’ni ular an’anaviy media tashkilotiga a’zo emaslar va ko‘pincha veb-saytlar joylashtiriladigan klassik bloglar o‘rniga Telegram, YouTube va Facebook kabi ijtimoiy media platformalaridan foydalanadilar (Tabiiyki, ba’zi blogerlar an’anaviy onlayn bloglarni ham yuritadi).

O‘zbekistonda ilk prezident Islom Karimov vafotidan keyin blogerlar soni ko‘paydi. Hukumat ko‘p sonli blogerlar va yangi texnologiyalarni qanday qilib boshqarishni bilmay ensasi qotayotgani aniq. Bloger faoliyatini bosmaxonani yopgandek yoki veb-saytni o‘chirgandek osonlikcha to‘xtatib bo‘lmaydi.

Sattoriy sudi Toshkentda qanday muhokama qilinishi (yoki e’tiborsiz qoldirilishini) kuzatib borish juda muhim, deb yozdi The Diplomat nashri. Bir tomondan Mirziyoyev blogerlarni «yelkadoshlar» deb atagan, ammo boshqa tomondan ular uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilinmoqda.

Islohot tarafdorlari «dahshatda»

Eurasianet nashri Sattoriyga chiqarilgan hukm mamlakatda boshlagan islohotlar tarafdorlarini dahshatga solgani haqida yozmoqda.

So‘z erkinligi himoyachilari Sattoriy ishini O‘zbekistonning islohotlarga va ochiqlikka sodiqligi sinovi ekanini aytib kelayotgan edi.

ЯНГИ ҚОНУН: Мирзиёев интернетдаги "танқид" ва "ҳақорат"лардан ҳимоя топди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00

Ammo rasmiylar boshqa maqsadni ko‘zlab unga hukm chiqargan ko‘rinadi. Xususan, ular blogerlar o‘laroq tanilgan fuqaroviy jurnalistlar qaysi qizil chiziqlardan chiqa olmasligini ko‘rsatib qo‘yishga qaror qilganini xulosa qilish mumkin.

Sattoriyga qo‘yilgan ayblovlar mayda firibgarlik holatlarini o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lsa-da, bir nechta shikoyatda Sattoriy o‘zining jurnalistik surishtiruvlari qahramonlarini shantaj qilayotgani da’vo qilindi.

Blogerga qarshi ko‘rilgan choralar ko‘lami misli ko‘rilmagan bo‘ldi. Uni 30 - yanvar kuni hibsga olish uchun Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat katta guruh jalb qilindi, tergovchilar uning uyini tuni bilan tintuv qildi.

Sattoriy – butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan ko‘plab blogerning biri. Bunday fuqaroviy jurnalistlarning ayrimlari Facebookdagi sahifalarida, Telegram kanallarida yoki boshqa platformalarda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni sharhlaydilar va yoritadilar. Ayrim holatlarda ular o‘n minglab obuna orttiradilar.

O‘zbekistondagi blogerlarning aksariyati ko‘proq mahalliy ahamiyatga ega masalalarni yoritadi. Ayrim blogerlar mahalliy amaldorlarning uquvsizligi yoki yo‘llarning achinarli ahvoli haqida arz qilsa, boshqalari 2016 - yilda diktator Islom Karimov vafotidan keyin mamlakatda yuzaga kelgan nisbatan ochiq muhitdan foydalanib, korrupsiyaga qarshi kurasha boshlagandi.

Sattoriy shubhasiz ikkinchi toifaga mansubdir. Prokuratura esa Sattoriy o‘z faoliyati davomida nafaqat qonunbuzarliklarni fosh qilgani, balki odamlarni shantaj qilganini ham da’vo qildi. Eurasianet nashridagi maqola Frantsiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayevaning sud qarori oqibatlari O‘zbekiston uchun achinarli bo‘lishi haqidagi so‘zlari bilan yakunlangan.

«Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan sud islohotlari uchun dafn marosimini tayyorlash vaqti keldimi?», deb yozdi u Twitterda.

XS
SM
MD
LG