Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 22:17

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 40 mln dollar ajratadi


Islom taraqqiyot banki logosi
Islom taraqqiyot banki logosi

O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvaridan kuchga kirgan 903-sonli qaroriga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish, muvofiqlashtirish, ITB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul organ etib belgilangan.

2025-2027-yillar davomida amalga oshiriladigan loyiha kichik va o‘rta tadbirkorlikni moliyalashtirishda qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish, moliyaviy xizmat turlarini kengaytirish, shuningdek, islomiy moliyalashtirish salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Gazeta.uz nashrining aniqlik kiritishicha, 2024-yil aprel oyida imzolagan bitim doirasida loyiha uchun 30 million dollar qarzni ITB, qolgan 10 million dollarni esa Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi ajratadi.

O‘ttiz million dollar murobaha tamoyili bo‘yicha kichik biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘lar kredit bo‘yicha kafillik, biznes injiniring va salohiyatni oshirish tashabbuslari, boshqaruv va audit xarajatlari uchun sarflanadi.

2023-yilda Toshkentda o‘tgan investitsiya forumi doirasida ITB bilan umumiy qiymati 400 million dollarlik bitimlar imzolangandi.

Ozodlik avvalroq O‘zbekistonda islom banki tizimini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muammolarni tahlil qilgan edi.

XS
SM
MD
LG