Линклар

Шошилинч хабар
07 март 2026, Тошкент вақти: 08:16

Isroil armiyasi “Hizbulloh” obyektlariga qarshi zarbalarni kuchaytirdi

“Hizbulloh” va Isroil armiyasi o‘rtasidagi qurolli kurash davom etmoqda, 2024-yil 7- oktyabri
“Hizbulloh” va Isroil armiyasi o‘rtasidagi qurolli kurash davom etmoqda, 2024-yil 7- oktyabri

Livandagi “Hizbulloh” radikal shia guruhi 7-oktyabr kuni Isroil hududiga 130 dan ziyod snaryad otgan. Shu kunning o‘zida, harbiy kuzatuvchilar qaydicha, Isroil Livanga hujumini kengaytirishga tayyor ekanini namoyish qilgan, deya xabar qildi Reuters agentligi.

Eron tomonidan dastaklanayotgan hamda G‘azo sektoridagi HAMAS guruhi (AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan) jangarilarining ittifoqchisi bo‘lgan “Hizbulloh” guruhi Isroilning Hayfa shahri janubidagi harbiy bazaga “Fadi-1” raketalari bilan zarba berganini bildirgan. Guruh tomonidan yana bir zarba chegaradan 65 kilometr olislikdagi Tveriyaga berilgan.

Isroillik harbiylar harbiy aviatsiya “Hizbulloh”ning Livan janubidagi obyektlarini bombardimon qilganini bildirishgan.

AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller 7-oktyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Vashington Isroilning Livandagi amaliyotini “cheklangan amaliyot” deb hisoblashini aytgan.

Yettinchi oktyabr Isroilda HAMAS ekstremistlarining isroilliklarga hujumi qurbonlarini xotirlash kuniga aylangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Quddusda o‘tkazilgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida: “Biz 7-oktyabr kuni sodir bo‘lgan voqealar boshqa takrorlanmasligini kafolatlash uchun mintaqamizdagi xavfsizlik voqeligini farzandlarimiz uchun, kelajagimiz uchun o‘zgartiramiz”, deya bayonot bergan.

HAMAS nazorati ostidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil harbiy kampaniyasi chog‘ida o‘tgan bir yil mobaynida 42 mingga yaqin falastinlik o‘ldirilganini bildirgan. SAXAL HAMASga qarshi urush boshidan buyon 727 nafar isroillik askar halok bo‘lgani, bu vaqt oralig‘ida yahudiy davlatiga qarata 25 mingta raketa otilganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG