Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:25

Ittifoqchilar Ukrainaga yana beshta HHM tizimini yetkazib beradi


AQSH hamda NATO bo‘yicha ittifoqchilar Ukrainaga qo‘shimcha beshta HHM tizimini yetkazib beradi. AQSH prezidenti Jo Bayden, Niderlandiya bosh vaziri Dik Shuf, Germaniya kansleri Olaf Shols, Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni hamda Ruminiya prezidenti Klaus Yohannis bu haqda qo‘shma bayonot bilan chiqdi.

“Bugun biz jamoaviy tartibda Ukrainaga qo‘shimcha strategik havo hujumidan mudofaa tizimlarini, jumladan AQSH, Germaniya va Ruminiya tomonidan sovg‘a qilingan qo‘shimcha Patriot batareyalarini, Niderlandiya va boshqa hamkorlar tomonidan sovg‘a qilingan Patriot butlovchi qismlarini, shuningdek yana bitta qo‘shimcha Patriot batareyasi va Italiya sovg‘a qilgan SAMP-T tizimini taqdim etamiz. Ushbu beshta strategik HHM tizimlari Ukraina shaharlari, tinch aholisi va harbiylarini himoya qilishga yordam beradi”, deya bayonotdan iqtibos keltirgan “Amerika ovozi”.

Bundan tashqari, yaqin oylarda AQSH va ittifoqchilari Ukrainaga NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard kabi o‘nlab taktik HHM tizimlarini yetkazib beradi. Kanada, Norvegiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya uchirish qurilmalarini taqdim etishda davom etadi, boshqa ittifoqchilar esa ushbu tizimlarni raketalar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Shuningdek, bayonotga ko‘ra, ittifoqchilar Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashga 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratish majburiyatini olganlar.

XS
SM
MD
LG