Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:21

Jirkanch, repressiv, tajovuzkor. Ammo Putin Rossiyasi fashistmi? Ekspertlar fikri


Prezident Putin Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimida. 23-fevral, 2017
Prezident Putin Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimida. 23-fevral, 2017

So‘nggi bir necha yil ichida prezident Vladimir Putin hukumati mamlakatdagi muxolifatni bostirib keldi. Natijada aksariyat mustaqil ommaviy axborot vositalari yopildi yoki surgun qilindi, muxolifatdagi siyosiy harakatlar “ekstremistik” deb e’lon qilindi. O‘n minglab norozi rossiyaliklar mamlakatni tark etdi.

Ozodlik suhbatlashgan fashizm tarixi va avtoritar tuzumlar bo‘yicha yetakchi tadqiqotchilarning fikricha, Putin Rossiyasi tashqi tomondan ko‘p jihatdan fashist rejimga o‘xshasa-da, fashist davlat emas. Klassik fashist diktatura va Putin tuzumi o‘rtasidagi tafovut bugungi kunda Rossiya qanday boshqarilayotganiga oydinlik kiritishi mumkin, deydi ular.

"Fashizmga eng yaqin analog"

Populizm va fashizmni o‘rganuvchi Kolumbiya universiteti Bernard kollejining siyosatshunoslik bo‘yicha professori Sheri Bermanning aytishicha, Putin Rossiyasi “yopiq va repressiv diktaturadir”. Unga ko‘ra, hozirda diktaturalar ko‘p biroq fashizmga o‘xshagani bitta.

Viskonsin universitetining tarix fanlari professori va Yevropa fashizmi bo‘yicha ko‘plab kitoblar muallifi Stenli Peynga ko‘ra, Putin Rossiyasini “Ikkinchi jahon urushidagi fashist rejimlarga teng deb bo‘lmaydi, lekin ikkinchi jahon urushidan beri hozirgi Rossiyadagi rejimda fashizmga juda yaqin o‘xshashliklar mavjud.

Putin Rossiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri fashizmning ko‘zgusi tarixiy revanshizm va gipermaskulin hokimiyatni qo‘llaganligi, ya’ni “Putinga sig‘inish” siyosatidir, deydi Virginiya Tek universitetining siyosatshunoslik doktoranti va Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti professori Mariya Snegovaya.

“Rossiya ham xuddi Germaniya birinchi jahon urushidan so‘ng bo‘lgani kabi “Veymar sindromi”ni ya’ni xalqaro yakkalanish, mavqedan ayrilish va bosimni boshidan kechirib kelmoqda. So‘nggi besh yil ichida G‘arbga qarshilik va revanshizm yanada yaqqol namoyon bo‘ldi va bu g‘oyalar ommaviy axborot vositalari, madaniy sohalarda va maktablarda “davlat tomonidan ancha izchil targ‘ib qilinmoqda”, deya ta’kidladi Snegovaya.

Britaniyadagi Oksford Bruks universitetining zamonaviy tarix professori, fashizmning ijtimoiy-tarixiy va mafkuraviy dinamikasini o‘rganuvchi Rojer Griffin ham Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya ham, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Rossiya ham “xo‘rlik va o‘zligini yo‘qotish”ni boshidan kechirgan degan fikrga qo‘shiladi.

Berlindagi Ukraina elchixonasi oldidagi Vladimir Putin Adolf Gitler qiyofasida aks etgan plakatlar.
Berlindagi Ukraina elchixonasi oldidagi Vladimir Putin Adolf Gitler qiyofasida aks etgan plakatlar.

Inqilob yoki reaksiya

Ammo tarixiy fashizm tubdan inqilobiy mafkura edi, hozirgi tuzum esa dekadent va sivilizatsiyaning yemirilishiga olib keladi. Bu “millat” yoki “organik irq” uchun ekzistensial xavf tug‘diruvchi qulash g‘oyasiga asoslanadi, deya tushuntirdi Griffin.
Bunda organik madaniyat yangi tartibda qayta tug‘ilishi kerak va demokratik bo‘lishi mumkin emas, degan qarash yotadi. Chunki demokratiya bu plyuralizmni anglatadi”, deya qo‘shimcha qiladi u. Fashistlar eski tuzumni butunlay yo‘q qilishga va jamiyatni qayta qurishga intilishadi. Fashizm “millatchilikning inqilobiy shaklidir”.

Putin shunga o‘xshash "g‘oyani qo‘llab-quvvatlasa-da, yangi tartib yaratishga emas, balki "Sovet Ittifoqining yangilangan versiyasini yaratishga" urinayotgan reaktsion siyosatchidir, deydi Griffin. U o‘ziga meros bo‘lib qolgan protodemokratik tizimni manipulyatsiya qiladi, lekin ularni rad etmaydi.

Gitler o‘ziga mutlaq diktatorlik hokimiyatini, shu jumladan, Veymar Konstitutsiyasini e’tiborsiz qoldirish vakolatini berish uchun 1933-yilgi mashhur "Enableing Act" qonunini qabul qilgan.
Putin esa 1999 va 2000-yillarda Rossiya Konstitutsiyasini himoya qilish va kafolatlashga va’da bergan holda, Ikkinchi Chechen urushi xavotiridan kelib chiqib hokimiyat tepasiga keldi. 2008-yilda Putinning ikkinchi prezidentlik muddati tugagach, u Dmitriy Medvedevni eng yuqori lavozimga chiqarib, o‘zi bosh vazir bo‘ldi. U bir vaqtning o‘zida hokimiyatni va demokratik Rossiya xayolini ham saqlab qoldi. Putin konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish orqali o‘zining dastlabki to‘rtta muddatini "nolga tenglashtirdi" va yana ikkita muddatga yo‘l ochdi.
“Putin rejimi deyarli faqat davlat tomonidan an’anaviy ruscha uslubda ishlab chiqilgan, – deydi tarixchi Peyn. – Bu hech qanday inqilobiy harakat yoki fashistik mafkuraning mahsuli emas.

Yaqinda vafot etgan Vladimir Jirinovskiy va o‘zini faylasuf hisoblaydigan Aleksandr Dugin kabi Rossiyadagi haqiqiy fashistlar Putinning siyosiy tizimining markazi emas, balki uning atributlari bo‘lib, ular dunyoning ayrim qismlarini nazorat qilayotgan mutlaqo yangi Rossiyani tasvirlaydi.

"E’tiborlisi, Putin Rossiyasi kelajakka nisbatan tasavvurga ega emas. Rossiya mavjud xalqaro tartib va Rossiyaning undagi o‘rni haqida shikoyat qiladi, lekin Rossiya boshqa muqobil qarashlarga ega emas".

Putin Rossiyasi va klassik fashizm o‘rtasidagi yana bir asosiy farq – ommaviy safarbarlikning yo‘qligi.
"Bu hokimiyat tepasiga kelgan ommaviy rejim yoki ommaviy safarbarlik asosida ishlayotgan tuzum emas, – deb tushuntirdi Bernards Berman. – Aksar diktaturalar tsingari, Putin ham o‘z xalqini demobilizatsiya qilishni afzal ko‘radi.”

Rasm: Adolf Gitler 1938-yil 3-oktabrda Chexoslovakiya chegarasini kesib o‘tib, Sudetga kirib borishi.
Rasm: Adolf Gitler 1938-yil 3-oktabrda Chexoslovakiya chegarasini kesib o‘tib, Sudetga kirib borishi.

Gitler va Mussolini deganda “o‘ziga xos” diktator yetakchi qiyofasi gavdalanadi. “Biroq hozir Putin bilan unday emas. Bu shunchaki uning xarizmatik emasligida ham emas. Hozir yaxshimi, yomonmi u bizning ongimizda stol oxirida yolg‘iz o‘tirgan kabi gavdalanadi.”

Snegovaya Putin Rossiyasida safarbarlik salohiyati yo‘qligini va rus jamiyati "juda passiv va parchalanganligini" ta’kidladi. Qolaversa, Rossiya posttotalitar jamiyat bo‘lib, u “katta g‘oyalar atrofida harakatlanish borasida tajribaga ega emas”.

Bu esa rus jamiyati Putinning revanshistik g‘oyalarini passiv ravishda qabul qilishini anglatadi".

Berman Putin Rossiyasini Birinchi jahon urushidan oldingi Germaniyaga qiyosladi va buni "zaiflashgan rejim" deb ta’rifladi
Putin siyosiy tizimini “Gitler va Mussolinining inqilobiy, modernizatsiyalashgan rejimlariga o‘xshatishdan oldin, 19-asrda “pravoslavlik, avtokratiya va milliylikni” ta’kidlagan podsho Nikolay I e’tiqodining qayta tiklanishini yodga olish kerak”.
“Nikolay I, Pyotr yoki Ivan Grozniyni oling. Rossiya tarixida bunday g‘oyalarning uzoq ildizlari bor. Gitler yoki Mussolini kabi shaxslar haqida gapirishning hojati yo‘q."

XS
SM
MD
LG