Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 11:15

Jizzaxlik soliqchilar poraxo‘rlikda ayblanib qamaldi


Jizzax viloyat jinoiy ishlar bo‘yicha sudi viloyat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Shirin Abdurahmonov va soliq inspektori Dilshod Mahkamovlarni Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha (pora olish) aybdor deb topib, 12 va 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

NewsUz.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Shirin Abdurahmonov va Dilshod Mahkamov Jizzax shahridagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi “Shoxrux- Shoxinur” hususiy korxonasida tekshiruv o‘tkazib, korxona egasidan 2 million 250 ming so‘m pora olayotgan payti Milliy havfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan.
XS
SM
MD
LG