Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 18:20

Kanizani haqorat qilgan ikki fuqaro jazolandi


Kaniza taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Shahrizoda Ahmedova (arxiv surati)
Kaniza taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Shahrizoda Ahmedova (arxiv surati)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yakkasaroy tumani sudi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan ikki fuqaroga BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 million so‘m) jarima tayinladi.

Daryo.uz nashri xabariga ko‘ra, buxorolik 32 yoshli M.R. va farg‘onalik 28 yoshli I.M. Kaniza taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Shahrizoda Ahmedovani Instagram tarmog‘ida “haromi” va “jinsiy aloqa qilishdan boshqaga yaramaydi” deb haqorat qilgan.

Kaniza o‘z ko‘rsatmasida O‘zbekiston demokratik davlat ekani, uning qanday ko‘rinishda kiyinishi belgilangan tartibga zid emasligini aytar ekan, ayrimlar o‘zlarini islom davlatida yashayotgan shaxslardek tutib, qonun talablarni tushunmay, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam haqorat qilayotganini ta’kidlagan.

Sud ishida huquqbuzar M.R. xonandadan uzr so‘rab, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan. Ikkinchi huquqbuzar I.M. sud majlisiga tegishli tartibda chaqirtirilganiga qaramay kelmagan va ish uning ishtirokisiz ko‘rilgan.

Xonanda Kaniza avval ham “ochiq-sochiq kiyinishi” cabab tanqidga uchragani ma’lum.

O‘tgan yili “O‘zbekkonsert” xonandani “ishtoni sabab” litsenziyadan mahrum qilgandi.

2017-yilda esa Kaniza Prezident virtual qabulxonasiga “Million” jamoasi uning sha’nini poymol etayotgani haqida shikoyat yo‘llagandi.

XS
SM
MD
LG