Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 13:25

Kiyevda qrim tatarlari qatliomi qurbonlari yodgorligi ochildi


Qrim tatarlari lideri Mustafo Jamilev (o‘ngda) va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi yodgorlik majmuasining ochilish marosimida, 2024-yil 11-sentyabri
Qrim tatarlari lideri Mustafo Jamilev (o‘ngda) va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi yodgorlik majmuasining ochilish marosimida, 2024-yil 11-sentyabri

Ukraina poytaxti Kiyevda Qrim platformasining dunyodagi qator mamlakatlar yuqori lavozimli vakillari bilan xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni Ukraina nazoratiga qaytarish muammosiga bag‘ishlangan bu kabi konferensiyaning birinchisi 2019-yilda o‘tkazilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z chiqishida Qrim uchun kurashishda davom etayotganini, bu ishni faqat hududiy yaxlitlikni tiklash uchungina emas, balki anneksiya tufayli yarimorolni tark etishga majbur bo‘lgan qrimliklarga nisbatan adolat tiklanishi uchun ham qilayotganini ta’kidladi.

Kiyevdagi Tinchlik xiyobonida 11-sentyabr kuni Qrim tatar xalqi qatliomi qurbonlari xotirasiga yodgorlik obidasi ochildi. Zelenskiyga ko‘ra, yodgorlik bu xalq hayotidagi uchta fojiali voqea — 1783-yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi, 1944-yili SSSRda qrim tatarlarining badarg‘a qilinishi va 2014-yildagi anneksiyani yodga soladi.

Ukraina Oliy radasi 2015-yili 1944-yildagi deportatsiyani qrim tatar xalqi genotsidi o‘laroq tan olgan, dunyodagi boshqa yana bir necha mamlakat ham bu voqeaga shunday baho bergan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on forum ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat qilgan. Unga ko‘ra, Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini dastaklaydi.

Erdo‘g‘on Turkiya “chin yurakdan urushning adolatli va barqaror tinchlik bilan tugashini tilashi”ni, Qrimning Ukrainaga qaytarilishi esa xalqaro huquq talabi ekanini urg‘uladi”, deb yozgan Turkiyaning Anadolu axborot agentligi.

XS
SM
MD
LG