Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:33

Toshkent Tolibonni hozircha tan olmaydi, ammo u bilan "til topishadi"


Tolibon delegatsiyasi Toshkentdagi anjumanda. 26-iyul, 2022
Tolibon delegatsiyasi Toshkentdagi anjumanda. 26-iyul, 2022

O‘zbekiston Afg‘onistondagi Tolibon hukumatini tan olish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov bayonot berdi.

26-iyul kuni Toshkentda Afg‘onistonga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda gapirgan Komilovga ko‘ra, Tolibon hukumatini tan olish masalasi hozircha “kun tartibida yo‘q”. Ayni paytda Abdulaziz Komilov “Tolibon va jahon hamjamiyati umumiy til topishga harakat qilayotgani”ni ijobiy tendensiya deb baholagan.

«Bugun tan olish bilan bog‘liq ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari [Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini vajaruvchi Amir Xon] Muttaqiy ochiqchasiga aytdi: Men barcha savollarni, hatto bu yerda aytilgan barcha shikoyatlarni ham yozib oldim, buni rahbariyatim bilan muhokama qilaman» , — dedi maxsus vakil.

Va, albatta, biz umumiy til topishga harakat qilamiz. Bu o‘zaro ishonchni mustahkamlash nuqtai nazaridan katta qadam bo‘lib, busiz tan olish masalasi ham bo‘lmaydi», — deya Komilovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Gazeta.uz nashri.

Abdulaziz Komilov
Abdulaziz Komilov

Mirziyoyev Tolibonga: Terrorchilar bilan aloqani uzing!

Tolibon vakillari ishtirok etgan anjumanda prezident Shavkat Mirziyoyev toliblarni xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.

Anjuman qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida Tolibon hukumatini “terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlari oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o‘zining qat’iy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko‘rish”ga chaqirgan.

O‘tgan yil avgustida qo‘shni Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatni bosib olganidan buyon rasmiy Toshkent toliblarnning terrorchi tashkilot sifatidagi o‘tmishiga ilk bor ochiq ishora qilmoqda.

Shu yilning 5-iyul kuni Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga 5 ta reaktiv snaryad otilgan. Tolibon snaryad otgan shaxslarni qo‘lga olgani, hujumdan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazish bo‘lganini aytgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xabarida aytilishicha, Toshkentdagi anjumanda Tolibon hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Afg‘oniston bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga xavf solmasligini ta’kidlagan

Muzlatilgan zaxiralar

Prezident Mirziyoyev shuningdek, Afg‘onistonni xalqaro maydonda yakkalab qo‘yish mamlakatdagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytirishini aytib, “bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini” ta’kidlagan.

O‘zbekiston prezidenti xalqaro hamjamiyatni “afg‘on xalqi bilan birdamlikni namoyon etish”ga chaqirgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash uchun mamlakatning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muhimligini qayd etgan.

Toshkentdagi anjuman AQSh va Tolibon rasmiylari Afg‘oniston markaziy bankining xorijdagi zaxiralaridan maqsadli foydalanish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha muzokaralari fonida o‘tmoqda.

Reuters agentligining 26-iyul kuni o‘z manbalariga tayanib yozishicha, tomonlar o‘rtasida jiddiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Jumladan, Tolibon markaziy bankning yuqori siyosiy amaldorlarini almashtirishdan bosh tortgan. Ulardan bir AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga ham tushgan.

Reutersning qayd etishicha muzlatilgan pullarni qaytarish Afg‘onistonning barcha moliyaviy muammolarini hal qilmasligi mumkin, ammo bu tashqi yordamning pasayishi, davomli qurg‘oqchilik va iyun oyida 1000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan mamlakatga ko‘mak beradi. Bu yil millionlab afg‘onlar ikkinchi qishni ocharchilik bilan kutib olish tahdidiga yuz tutmoqda.

Afg‘oniston markaziy bankining yuqori kengashida o‘tirgan afg‘on-amerikalik iqtisodiyot professori Shoh Mehrobiy “hali kelishuvga erishilmagani”ni aytgan.

Afg‘onistondan tashqarida 9 milliard dollarga yaqin, jumladan, AQShning o‘zida 7 milliard dollar zahira aktivlar saqlanmoqda.

Muzokaralar dastlabki 3,5 milliard dollarlik aktivlarni ajratishga qaratilgan. Prezident Jo Bayden Nyu-York Federal zaxira bankidagi 7 milliard dollarlik afg‘on zahiralarini “afg‘on xalqi manfaati uchun” ajratishga buyruq bergan.

Qolgan 3,5 milliard dollar taqdiri esa Tolibonga qarshi 11-sentabr voqeasiga aloqador sud ishida ko‘rib chiqiladi. Sud mablag‘larni qaytarishga qaror qilishi mumkin.

Xorijiy hukumatlar va inson huquqlari guruhlari Tolibonni inson huquqlarini poymol qilish va sudsiz qotilliklarda ayblab keladi. Tolibon hokimiyatni qayta qo‘lga kiritganidan buyon ayollar erkinligini cheklab kelayotir.

Xalqaro hamjamiyat Tolibon hokimiyatini rasman tan olishdan oldin inson huquqlar bo‘yicha o‘z siyosatini yaxshilashini talab qilgan.

ЭКСКЛЮЗИВ: Толибон билан гаплашаётган Мирзиёев Афғонистон ўзбеклари дардини ҳам эшитадими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:37 0:00

Tolibon qotilliklarni tekshirishga va’da bergan va afg‘onlarning ta’lim olish va so‘z erkinligini islom qonunlari doirasida ta’minlashga harakat qilmoqda. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, afg‘on mablag‘larini qaytarish vaqtinchalik yengillik olib keladi. Tolibondan oldin hukumat byudjetining 70 foizini moliyalashtirgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy yordam o‘rnini to‘ldirish uchun yangi daromad manbalari zarur.

Qurg‘oqchilik, COVID-19 pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida yuzaga kelgan yuqori ishsizlik va narxlarning ko‘tarilishi Afg‘onistonda gumanitar inqirozni yanada kuchaytirdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chet eldagi mablag‘larni markaziy bankka qaytarish inqirozni to‘xtatishga yordam beradi.

XS
SM
MD
LG