Линклар

Шошилинч хабар
21 июн 2021, Тошкент вақти: 23:45

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar: Saylovlarning ko‘chirilishi prezident muddati haqida savollar tug‘dirdi


Shavkat Mirziyoyevning o‘zi prezident saylovlari vaqtini ko‘chirish taklifiga munosabat bildirganicha yo‘q

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni muhokama qilgan. Shu paytgacha deputatlar tarafidan to‘rtinchi marta muhokama qilinayotgan navbatdagi o‘zgarishlar prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq. Parlament quyi palatasi va Markaziy saylov komissiyasining mahalliy matbuotga bildirishicha¸prezidentlik saylovlari dekabr oyida emas, oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi mumkin.

Oliy Majlisning Xorazm viloyatidan saylangan deputatining Ozodlikka aytishicha, prezidentlik saylovi oktabr oyining uchinchi dekadasi oxirida bo‘lishi muhokama paytida ma’qullangan.

Senat ushbu qonunni 18 - dekabr kuni o‘tkazilgan o‘zining yalpi majlisida ko‘rib chiqishi kerak edi, biroq Konstitutsiyaga muvofiq (128-modda) parlament asosiy qonunga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi loyihani faqat keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilishi mumkinligi to‘g‘risida maqolalar e’lon qilingach, masala kun tartibidan olib tashlangan.

Konstitutsiyaning 128-moddasi talabiga ko‘ra, Oliy Majlis tegishli taklif kiritilgandan keyin 6 oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin.

Joriy Konstitutsiyaning 117-moddasiga ko‘ra¸ prezidentlik saylovlari shu paytgacha dekabrning uchinchi o‘n kunligida, yakshanba kuni o‘tkazib kelingan edi.

4 yil oldingi saylovga oid varaqa
4 yil oldingi saylovga oid varaqa

Nega prezident bir oy erta saylanadigan bo‘lyapti?

Bu savolga Ozodlik suhbatlashgan ekspertlar to‘rt xil farazni ilgari surishdi.

  • 1. Iso mavludi va Yangi yil bayramlari bilan chalg‘igan dunyo jamoatchiligi «Yangi O‘zbekiston»dagii muhim tadbirga keragicha e’tibor bermasligini inobatga olib, «barcha faol bo‘lgan» oyga ko‘chirish.

Bu fikrni rasmiylar fikriga eng yaqin, deyish mumkin. Ozodlikning davlat boshqaruviga yaqin manba’lari shunday sabab matbuotda ochiqlansa «tepa mamnun» bo‘ladi, degan fikrni bildirishdi.

  • 2. Sinoptiklarga ko‘ra, joriy yil dekabr oyi juda sovuq kelmoqda. Hukumat aholini gaz va elektr bilan ta’minlay olmasligi saylovchilarda salbiy kayfiyat va prezidentga ishonchsizlik kayfiyati hosil qilishi mumkin. Shu bois havolar issiq paytida saylovni o‘tkazib olish.
  • 3. Konstitutsiyaga va saylov to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish huquqiy jihatdan prezidentlik muddatining, xuddi Rossiyada o‘tgan yil referendumda qilingani singari «nollashtirilishiga» olib keladi. Mirziyoyevning birinchi muddatdagi 4 yili hisobga olinmay, uning yana ikki muddat prezident bo‘lishiga yo‘l ochadi. Prezident muddatini «nollashtirish» Afrikadagi avtoritar davlatlar, xususan Burundi¸ Kongo va Burkina-Fasoda samarali qo‘llanilib keladi. Bu fikrni Anqarada siyosatshunoslik bo‘yicha ilmiy ish yozayotgan Firdavs Annageldiyev bildirdi. Annageldiyevga ko‘ra, rasmiy Toshkent Kremlning tutumini «kopi-pest” qilishga o‘rganib qolgan. Suhbatdoshga ko‘ra, “Putinning o‘z faoliyatini nollashtirganidan hozirgi o‘zbek rahbariyati nusxa olmoqchi”.

Bu usulni O‘zbekistonning birinchi prezidenti ham samarali qo‘llagan.

  • 4. YeOII ga a’zolik va Kremlning saylovlarga ehtimoliy ta’sirini aylanib o‘tishga urinish. YeOIIga a’zolik masalasi joriy yil dekabr oyida ko‘riladi. Shu og‘riqli tanlovdan oldin saylovni o‘tkazib olish.

Bu fikrni Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov bildirdi.

Toshkentlik faol Maksim Chernikovga ko‘ra, barcha to‘rt sabab ham to‘g‘ri va eng to‘g‘risi «saylovchilarni gaz va elektr bilan ta’minlashni eplay olmaydigan hukumat qo‘rquvi».

«Prezident saylovining dekabrdan oktabrga ko‘chirilishi isitish tizimi energiya va gaz ta’minoti bilan bog‘li muammolar zanjiriga borib taqaladi. Bu muammolar 2020-2021 - yilgi qish mavsumida bo‘rtib yuzaga chiqdi. Tasavvur qiling. 2021 - yilning sovuq dekabri. Odamlar isitish tizimi yomonligi¸gaz va elektrning yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. O‘ylab ko‘ring, shunday sharoitda odamlar saylovga boradimi. Borganlar ham joriy prezidentga qarshi ovoz berib kelishadi. Ular joriy prezidentni kuz va qishki mavsumiga hozirlik ko‘rmagani va uzluksiz energoresurslar bilan ta’minlay olmaganlikda aybdor, deb bilishadi».

Ozodlik suhbatlashgan ekspertlar «Saylovning hukumat resurslari sarflangan holda, faqat joriy prezident yutishiga qaratilgani va oshkoralik va erkin tanlov prinsiplaridan olis tarzda o‘tishini taxmin qilishdi.

"Saylov erkin bo‘ladi!"

Marhum prezident Islom Karimov ma’muriyatida ishlagan faxriy jurnalist Sharof Ubaydullayev saylovning O‘zbekiston tarixidagi ikkinchi erkin saylov bo‘lishiga ishonadi:

"Qachon bo‘lishi emas, qanday bo‘lishi muhim. Bu yilgi saylov 1991 - yilgi Muhammad Solih va Islom Karimov bellashgan saylovdan ham ochiq va erkin bo‘ladi. 1991 - yildagi saylovlarni ichidan kuzatgan odam sifatida aytaman. Saylovda Islom Karimov to‘la yutqizgan edi. Saylovlarda g‘irromlik ko‘p edi. Islom Karimov qancha richaglarni ishga solishidan qat’i nazar, amalda Muhammad Solih yutgan edi. Lekin men Muhammad Solihni ham ideal rahbar bo‘ladi, deb o‘ylamaganman. Shavkat Miromonovich Jizzaxni boshqardi, Samarqand viloyatini boshqardi, 13 yil Vazirlar Mahkamasiga rahbar bo‘ldi, bunday tajribadan biz foydalanmaymizmi"¸ - deydi Sharof Ubaydullayev.

Шароф Убайдуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:09 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston prezidenti dekabr oyida o‘zining parlamentga murojaatnomasida saylovlarni "erkin va oshkora o‘tkazish"ga va’da bergan edi.

1992 - yil 8 - dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga shu paytgacha bir necha marta o‘zgartirishlar kiritilgan.

O‘tgan yilning 7 - dekabr kuni Konstitutsiya kuni munosabati bilan "O‘zbekiston xalqiga tabrigi"da prezident Mirziyoyev mamlakat asosiy qonuniga hozirga qadar 7 marta o‘zgartirishlar kiritilganini aytdi va ularni "demokratik islohotlar" zarurati bilan tushuntirdi.

Prezidentning so‘zlari Konstitutsiyaga yangi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘ldi. Tahlilchilar Karimov davrida mamlakat Konstitutsiyasi yakka shaxsning hokimiyatda umrbod qolishini ta’minlash maqsadida o‘zgartirib kelinganini aytishadi.

Тавсия этилади

XS
SM
MD
LG