Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:49

Koronavirus cheklovlari ortidan O‘zbekiston pasporti Britaniya pasportiga tenglashdi


Sayohat cheklovlari tufayli Buyuk Britaniya pasporti egalari 60 dan kam mamlakatga erkin sayohat qila oladi - O‘zbekiston va Buyuk Britaniya pasportlari.
Sayohat cheklovlari tufayli Buyuk Britaniya pasporti egalari 60 dan kam mamlakatga erkin sayohat qila oladi - O‘zbekiston va Buyuk Britaniya pasportlari.

Odatda Singapur pasporti bilan 200 ga yaqin mamlakatga erkin sayohat qilish mumkin. Ammo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli ko‘plab qudratli pasport o‘z kuchini yo‘qotdi.

Henli pasport indeksiga (Henley Passport Index) ko‘ra, cheklovlar tufayli Singapur pasporti Namibiya, Belarus, Qozog‘iston yoki Malavi pasportidan ham yaroqsizroq bo‘lib qolgan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Nazariy jihatdan, Singapur pasporti bilan 192 ta davlatga vizasiz sayohat qilish yoki yetib borganda viza olish mumkin. Yaponiya pasporti esa dunyodagi eng qudratli pasport bo‘lib, ushbu mamlakat fuqarolari 193 mamlakatga muammosiz sayohat qila oladi.

Ammo koronavirus cheklovlarini hisobga olgan holda, Singapur pasporti bilan atigi 70 mamlakatga sayohat qilish mumkin. Ya’ni, Sinpagur pasporti Dominikan Respublikasi pasportiga tenglashib qoldi.

Koronavirusga qarshi emlash dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan mamlakatlar ham ayni muammoga duchor bo‘lmoqda. Buyuk Britaniya va AQSh pasportlar indeksida 7-o‘rinni egallagan bo‘lib, ushbu ikki mamlakat fuqarolari nazariy jihatdan 187 ta mamlakatga erkin sayohat qilishi mumkin.

Ammo joriy qilingan sayohat cheklovlari tufayli Buyuk Britaniyaning pasport egalari 60 dan kam mamlakatga erkin sayohat qila oladi. Ya’ni Buyuk Britaniya pasporti O‘zbekiston pasportiga tenglashib qoldi. AQSh pasporti esa, hozir Ruandaga pasportidek qudratga ega.

Henley & Partners yetakchisi Kristian Kaelinga ko‘ra, global harakatchanlik «kamida 2021 - yil davomida jiddiy cheklanganicha qoladi".

XS
SM
MD
LG