Линклар

Шошилинч хабар
29 сентябр 2021, Тошкент вақти: 05:54

"Kovidga qarshi safarbar etilib, shu kasaldan o‘lgan erim uchun tovon to‘lanmayapti"


Navoiy viloyat, Zarafshon shahrida yashaydigan 45 yashar Saboat Xalilovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli poliklinikada ishlagan vrach eri Rustam Xalilov koronavirusga qarshi kurashishga safarbar etilganidan so‘ng, uning o‘zi kovid yuqtirib vafot etgan.

Ammo tibbiyot birlashmasi prezident qarorida ko‘rsatilgan tovon puli to‘lashdan bosh tortmoqda:

Ишда ковид юқтириб вафот этган врачга товон пули тўланмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:07 0:00
Бевосита линк

“Erim kombinatga qarashli poliklinikada dermatolog vrach bo‘lib ishlardi. O‘tgan yili Zarafshonda koronavirus rosa ko‘paydi, erimni ham majburan konchilar ishlab turgan joyga jo‘natishdi. Erim men qandli diabet kasalim bor, mabodo yuqib qolsa, oqibati ayanchli bo‘ladi, deb bosh vrachni ogohlantirsa ham majburan safarbar qilishdi. U ishga kelgan konchilarni isitmasini o‘lchar, xullas tekshirib keyin ishga ruxsat berardi. Oqibat, erim aytganidek bo‘ldi.

Rustam Xalilov konchilarning salomatligini tekshirib turgan.
Rustam Xalilov konchilarning salomatligini tekshirib turgan.

U kasal yuqtirib keldi. Uch kun uyda yotib kasalxonaga olindi, ammo u yerda bir kundan so‘ng vafot etdi. Erimning kovid yuqtirgani rasman tasdiqlangan. Lekin tibbiyot birlashmasi bosh vrachi erimga prezident qarorida aks etgan 250 million so‘mlik tovon puli to‘lashdan bosh tormoqda. Qayerga shikoyat qilsak, yana bosh vrachga qaytarib yuborilyapti, u esa unga tovon puli to‘lanmaydi, degan javob beryapti. Nega? Axir erim o‘z kasbida og‘ir uchastkada ishlab, kasal yuqtirib oldiku? Erim koviddan vafot etdiku? Men uchta bolamni qanday o‘qitaman, ularni qanday uylayman? Nega prezident qarori bajarilmaydi?”

Rustam Xalilovning koronavirusga chalingani rasmiy tasdig‘i.
Rustam Xalilovning koronavirusga chalingani rasmiy tasdig‘i.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG