Линклар

Шошилинч хабар
06 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:52

Livan janubida isroillik sakkiz nafar harbiy halok bo‘ldi


Livan chegarasidagi Isroil tanki, 2024-yil 1-oktyabri
Livan chegarasidagi Isroil tanki, 2024-yil 1-oktyabri

Isroil armiyasi Livan janubida sakkiz nafar harbiy halok bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatdi. Qayd etilishicha, o‘lgan askarlarning yoshi 21 dan 23 gacha bo‘lgan. Bu Eron tomonidan dastaklanayotgan “Hizbulloh” guruhiga qarshi 1-oktyabr kuni boshlatilgan quruqlikdagi amaliyot avvalidan buyon Isroil armiyasi tomonidan berilgan ilk qurbonlardir.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Netanyahu o‘z videomurojaatida mamlakat Eronga qarshi og‘ir urush jarayonida ekanini ham ta’kidlagan. Ayni paytda u bu urushda g‘alaba qozonilishiga, G‘azo sektorida garovda tutib turilganlar qaytarilishiga va Isroil shimolida yashagan aholi o‘z uylariga qaytishiga umid bildirgan.

Isroil Livan hududida quruqlikdagi amaliyotni boshlashgan oldin bu mamlakatdagi “Hizbulloh”ga aloqador obyektlarga havodan yoppasiga zarbalar bergan. Shia mazhabiga mansub jangarilardan iborat bu guruh AQSHda terror tashkiloti deb tan olingan. Yevropa Ittifoqi esa “Hizbulloh”ning faqat qurolli qanotini terror tashkiloti deb biladi, deputatlari Livan parlamentida o‘tirgan “Hizbulloh” partiyasi esa, YI fikricha, terror tashkiloti emas. Isroilning havo hujumlaridan birida guruh lideri Hasan Nasrulloh ham o‘ldirilgan.

Uchinchi oktyabr kuni esa Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi uch qavatli binoni o‘qqa tutgani haqida ma’lumotlar kelib tushldi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, mazkur uyda “Hizbulloh” liderlari va Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi vakillari tez-tez bo‘lib turadi. Qarorgohi Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari markazi bino o‘qqa tutilgan paytda ikki kishi halok bo‘lgani, uch kishi yaralanganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG