Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:22

Liviyalik uch diplomat “inqilob”ga qo‘shildi


Liviyalik uch diplomat “inqilob”ga qo‘shildi
21.02.2011
Liviyalik uch nafar diplomat, jumladan, Hindiston va Arab Ligasidagi Liviya diplomatlari iste‘foga chiqdi.

Muammar Qaddafi mamlakatni tark etgani haqida mish-mishlar tarqalgan bir paytda ular “inqilobga qo‘shilayotganlari”ni e‘lon qildilar.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda bo‘ladigan yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi fuqarolarini Liviyadan evakuatsiya qilish masalasi muhokama etilishi rejalangan.

Uchrashuvda so‘zlagan Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Heyg o‘z mamlakati Liviya rahbarlariga so‘nggi voqealar xususida xavotir bildirganini aytdi.

- Britaniya hozir Liviyada sodir bo‘layotgan voqealardan jiddiy tashvishda. Namoyishchilarga qarshi kuch qo‘llanilganiga e‘tiroz bildirish uchun kecha men polkovnik (Muammar) Qaddafining o‘g‘li Sayf al-Islomga qo‘ng‘iroq qildim, dedi Vilyam Heyg.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari ham Liviya hukumatining demokratiya tarafdori bo‘lgan namoyishchilarga qarshi kuch qo‘llaganini keskin qoraladi.
XS
SM
MD
LG