Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:43

Markaziy bank sakkizta bankni jarimaga tortdi


O‘zbekiston Markaziy bankining Toshkentdagi binosi
O‘zbekiston Markaziy bankining Toshkentdagi binosi

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yil noyabr oyi mobaynida qoidabuzarliklar sabab mamlakatdagi 8 ta bank, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi. Bu haqda MB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Regulyatorning Bank nazorati qo‘mitasi noyabr oyidagi 9 ta yig‘ilishida 32 ta masalani ko‘rib chiqqan va tegishli qarorlar qabul qilgan.

Rasmiy xarakterdagi qisqa axborotda sanksiya qo‘llangan bank, to‘lov va mikromoliya tashkilotlari iqtisodiy me’yorlar talablari hamda ko‘rsatmalariga rioya qilmagani qayd etilgan. Ammo aynan qay turdagi qoidabuzarliklar sodir etilgani va qanday moliyaviy jazo tatbiq etilgani ochiqlanmagan.

MB qaydicha, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar vajidan yana 22 ta bank va 3 ta to‘lov tashkiloti sanksiya qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Nazorat qo‘mitasining tegishli qarori bilan 7 ta bank 2025-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar deb belgilangan.

Ozodlik 11-dekabr kuni MBni 2017- yildan buyon boshqarib kelgan 64 yoshli Mamarizo Nurmurodov lavozimdan olingani va uning o‘rniga 45 yoshli Timur Ishmetov tayinlangani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG