Линклар

Шошилинч хабар
18 июл 2024, Тошкент вақти: 14:08

Markaziy Osiyo davlatlari Isroil-Hamas urushi masalasida omma ehtirosini jilovlashga urinmoqda


Bishkekdagi Falastin tarafdorlarining namoyishi. 28-oktabr, 2023
Bishkekdagi Falastin tarafdorlarining namoyishi. 28-oktabr, 2023

O‘tgan hafta hukumat yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev asosiy masalalarga o‘tishdan oldin dolzarb bir masalaga to‘xtaldi.

Uning bu nutqi Toshkentda Falastin birdamligi namoyishini o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘nlab odam hibsga olingandan ikki kun o‘tib yangragan.

O‘zbekiston Falastin xalqiga va uning mustaqillikka bo‘lgan huquqiga “kuchli xayrixoh” ekanini bildirdi Mirziyoyev 31- oktabr kuni o‘tgan hukumat majlisida.

U Hamas va Isroil o‘rtasida urush boshlangandan buyon “begunoh va tinch aholi orasida qurbonlar bo‘layotgani”ni ta’kidladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston hukumati BMTning hududdagi gumanitar missiyasiga yordam berish uchun 1,5 million dollar ajratdi, dedi Mirziyoyev.
Shu bilan birga, o‘zbekistonliklar 29-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazishga urinilgan namoyishga o‘xshash yig‘inlarga qo‘shilmasligi kerak, deya ogohlantirdi u.

Isroil bombardimonida yaralangan falastinlik G‘azo bo‘lgasidagi Xon Yunis shifoxonasiga olib kelmoqda. 6-noyabr, 2023
Isroil bombardimonida yaralangan falastinlik G‘azo bo‘lgasidagi Xon Yunis shifoxonasiga olib kelmoqda. 6-noyabr, 2023

Mirziyoyev va Markaziy Osiyoning boshqa yetakchilarini o‘tgan hafta sodir bo‘lgan yanada xavotirli voqealar qo‘rqitib qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin.

29-oktabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Dog‘istonidagi Mahachqal’a aeroportiga Isroildan kelayotganlarni ovlash uchun bostirib kirgan olomon sahnasini ko‘rgan hukumatlar bu kabi ehtiroslar xavfidan xavotirga tushib qolishi tabiiy.

Shimoliy Kavkaz respublikalari kabi Markaziy Osiyoning besh sobiq Sovet davlati aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladi.
7-oktabr kuni Hamasning hujumiga javoban Isroilning G‘azoni ommaviy bombalashi geosiyosiy masalalar yuzasidan e’tiborni Ukrainadagi Rossiya urushidan Yaqin Sharqqa qaratib qo‘ydi.

“Bu mojaro butun dunyoda trend mavzu bo‘lib turibdi, shu bois hukumatlar jamiyatning bahsli munosabatiga javob berishga majbur”, deydi mintaqadagi Islom va fuqarolik jamiyati bo‘yicha ekspert Ilhom Umaroxunov.

"Ayni paytda ular, ehtimol, ayrim radikal guruhlar yoki ba’zi siyosiy raqiblar odamlarni ana shu mavzu atrofida safarbar qilishga urinishni oldini olishga harakat qilmoqda", deydi u.

Ijtimoiy fikrni hisobga oluvchi diplomatiyami?

Markaziy Osiyo, albatta, monolit emas.

Rasman neytral Turkmaniston mintaqadagi mojaro haqida bayonot bermagan yagona davlatdir.

Ozodlik radiosining Turkman xizmati Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Falastin bilan birdamlik namoyishi bostirilgani haqidagi xorij matbuoti xabarini tekshirdi.

Biroq Ozodlik jurnalistlari xabarda tilga olingan bog‘da norozilik namoyishiga urinish bo‘lgani dalilini topa olishmadi.

G‘azodagi urush 3-noyabr kuni Ostonada o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammiti kun tartibidagi asosiy masalalardan bo‘ldi.
G‘azodagi urush 3-noyabr kuni Ostonada o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammiti kun tartibidagi asosiy masalalardan bo‘ldi.

Turkmanistonning axborot maydoni qattiq nazorat qilinadi, rasmiylar sun’iy yo‘ldosh antennalarini muntazam ravishda yo‘q qiladi va oxirgi marta bloklanmagan messenjer ilovasi IMOni ham bloklashdi.
Ammo Markaziy Osiyoning qolgan to‘rt davlatida bir oydan kamroq vaqtda minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan urush bo‘yicha ijtimoiy shov-shuv pasaygani yo‘q.

O‘zbekistonda Ozodlik radiosi O‘zbek xizmati tomonidan olib borilgan monitoring shuni ko‘rsatdiki, mahalliy Telegram kanallari Isroil mahsulotlarini boykot qilish bo‘yicha chaqiriqlarga to‘lgan, estrada yulduzi Yulduz Usmonova esa Instagram’da xuddi shunday chorlov bilan chiqqan.

AQSHning Procter & Gamble kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Ariel kir yuvish kukuni Isroilning marhum yetakchisi Ariel Sharon nomi bilan atalgan degan yolg‘on mish-mishlar tufayli nishonga aylandi.

17-oktabr kuni G‘azo shahridagi Al-Ahli kasalxonasida, Falastin manbalariga ko‘ra, yuzlab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan portlash mintaqada va undan tashqarida ijtimoiy media faolligini yanada zo‘raytirdi.

Mintaqadagi uch tashqi ishlar vaziri tomonidan berilgan bayonotlarda kasalxonaga hujum keskin qoralangan, ammo Isroil nomi tilga olinmagan.
Ammo Tojikiston bayonotida “havodan bombalash” haqida so‘z bordi, O‘zbekiston esa “mash’um zo‘ravonlik harakati”ni tanqid qildi.
Bu G‘azo sektori ichidagi islomiy guruhlar tomonidan noto‘g‘ri otilgan raketa ekani haqidagi gaplarga deyarli joy qolmadi.

Taniqli xonanda Yulduz Usmonova tarmoqlarda Isroil mahsulotlarini boykot qilish chaqirig‘i bilan chiqdi.
Taniqli xonanda Yulduz Usmonova tarmoqlarda Isroil mahsulotlarini boykot qilish chaqirig‘i bilan chiqdi.

Faqat Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 17-oktabr kungi bayonotida shifoxona haqida alohida to‘xtalmadi, ammo Isroilni “G‘azo sektorida tinch aholi orasida qurbonlarni ko‘paytiradigan nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga” chaqirdi. Xuddi shunday, hozircha faqat Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Hamasning Isroilda tinch aholiga uyushtirgan hujumlari va asirga olishlarni, shu jumladan, xorijliklarni “garovga olishi”ni qoralab, uni terorchilikka qiyosladi.

Qozog‘iston Isroil bilan eng kuchli savdo aloqalariga ega. Shuningdek u Isroilning NSO Group kiberqurol kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Pegasus josuslik dasturlarini sotib olgani aytiladi.

Ostona Eronning musulmon davlatlarini Isroilga neft eksportini to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga hamon e’tibor bermayapti.
Ammo u Isroilni tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilishdan qaytardi va 27-oktabr kuni BMTda 120 ovoz bilan qabul qilingan Isroil va Hamas o‘rtasida gumanitar sulhni yoqlovchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlashda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga qo‘shildi. (Turkmaniston ovoz bermadi.)

3-noyabr kuni esa Turkiy davlatlar tashkiloti yig‘ilishiga mezbonlik qilayotganda Toqayev o‘z mamlakati Falastinga 1 million dollar yordam berishini va’da qilgan edi.

“Biz barcha mojarolarni faqat tinch muzokaralar va diplomatik muloqot orqali hal qilishga chaqiramiz. Davlatlarning hududiy yaxlitligi va ularning ichki ishlariga aralashmaslik bizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarimiz bo‘lib qolmoqda”, dedi Toqayev uchrashuvda.

“Yaqin hamkorlar” Rossiya va Turkiya “Hamasni qonuniylashtirdi”
Mirziyoyevning bu mojarodagi dadil pozitsiyasi isroilparast guruhlar e’tiboridan chetda qolmadi.

«Yaqin Sharq haqiqati uchun» jamg‘armasi vakili Jozef Epshteyn Ozodlik bilan suhbatda Mirziyoyev «Hamas»ni qoralamaganiga “ichki va xalqaro sabablar” borligini aytdi.

Epshteynning aytishicha, O‘zbekistonning “yaqin ittifoqchilari” Turkiya va Rossiya “bu guruhni qoralashdan tiyilibgina qolmay, balki uni qonuniylashtirgan”.

Shu bilan birga, Mirziyoyev bu boradagi pozitsiyasi “o‘z aholisi orasida salbiy qarshilanishi”ni istamaydi.

“O‘zbekistonda xuddi Dog‘iston kabi uyqudagi ekstremizm bilan bog‘liq katta muammo bor”, dedi Epshteyn.

Isroilning Toshkentdagi elchixonasi izoh so‘roviga javob bermadi.

29-oktabr kuni Toshkentda hibsga olingan namoyishchilarning ko‘pchiligi jarimaga tortilgan va qo‘yib yuborilgan bo‘lsa ham, kamida uch nafari qisqa muddatli ma’muriy qamoqqa hukm qilingani xabar qilindi.

Qo‘shni Qirg‘izistonda bu kabi faollik va norozilik namoyishlari ancha uzoq tarixga ega.

Prezident Sadir Japarovning qattiqqo‘l hukumati poytaxt Bishkekning aksariyat qismida mitinglar o‘tkazishni amalda taqiqlagan bo‘lsa ham, rasmiylar shunga qaramay, 28- oktabr kuni shaharda yuz kishi ishtirokidagi Falastin birdamlik mitingini o‘tkazishga ruxsat berdi.

Mitingda ma’ruzachilardan biri, ikki karra prezidentlikka nomzod Tursunbay Bakir o‘g‘li shu oy boshida Bishkekdagi mashhur podkastga bahsli intervyu berdi.

Bir soat davom etgan suhbat chog‘ida Bakir o‘g‘li Hamas rahbariyatini shaxsan bilishini aytdi, badavlat yahudiylar haqidagi fitna nazariyalarini keltirdi va bir payt ko‘ziga yosh olgandek tuyuldi.

Уруш анатомияси: Араб-Исроил урушлари, Исроил-Фаластин зиддияти тарихи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:23 0:00

Bugungi kungacha Japarov kuchliroq va tanqidiy siyosatchilarga imkon bermasligini ko‘rsatdi.

Al-Ahli kasalxonasidagi voqeadan bir necha kun o‘tib, hukumatga kuchli tarafdor bo‘lgan parlamentdagi qonunchilar Falastin hududlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga va fojiali voqeadan keyingi kunlarda parlamentdagi bir kunlik maoshlaridan voz kechishga kelishib olishdi.

Boshqa tomondan, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) 3-noyabr kuni Yaqin Sharqdagi urushga qo‘shilishga uringan har qanday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida qattiq ogohlantirdi.

So‘nggi kunlarda “Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining Falastinda jihod qilish zarurligi haqidagi provokatsion postlari, nashrlari va izohlari” paydo bo‘ldi, dedi MXQ.

XS
SM
MD
LG