Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

Markaziy Osiyo hamkorligida yangi sahifa: O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistonga yordam beradi


Qozog‘istonda o‘tgan to‘rt Markaziy Osiyo davlati rahbarlarining mintaqaviy sammiti - 15 - mart, 2018
Qozog‘istonda o‘tgan to‘rt Markaziy Osiyo davlati rahbarlarining mintaqaviy sammiti - 15 - mart, 2018

Bu yil Qirg‘iziston uchun og‘ir keldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston koronavirus yuqtirganlar va COVID-19 infeksiyasi tufayli nobud bo‘lganlar soni eng yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatidir.

Kamiga, oktabr oyi boshida norozilik namoyishlari ortidan mamlakat prezidenti iste’foga chiqdi.

Shu sababdan Qirg‘izistonning yangi yetakchilari qo‘shnilaridan yordam so‘radi.

12 - noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev matbuot xizmati Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘izistonga moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Gazeta.uz sayti esa Toqayev hamda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashib, «mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida kelishuvga erishdilar», deya xabar berdi.

Gazeta.uz maqolasida Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4,5 milliard dollar ekanligi, uning 42 foizi Xitoyga to‘lanishi kerakligi qayd etiladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘izistonga ko‘rsatadigan iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘lami ochiqlanmadi.

Qirg‘izistonning yangi tashqi ishlar vaziri Ruslan Qazaqbayev 29 - oktabr kuni Qozog‘istonga, 5-6 - noyabr kunlari O‘zbekistonga xizmat safari bilan borib, yordam so‘ragan edi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston ko‘rsatmoqchi bo‘lgan moliyaviy yordam Qirg‘iziston byudjetini qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun dori-darmon va shifoxona jihozlarini yuborishga kelishib olgan. Xabarlarga ko‘ra, Toshkent Bishkekka «sog‘liqni saqlash muassasasini» qurishda yordam berishga rozi bo‘lgan.

Ozodlik/Ozod Yevropa radiosining mintaqa bo‘yicha tahlilchisi Bryus Panierning yozishicha, bugungi kunda Qirg‘iziston aynan shunday yordamga muhtoj, ayniqsa, Kreml Qirg‘iziston uchun ajratilgan 100 million dollarlik moliyaviy yordamni muzlatib qo‘yganini e’tiborga oladigan bo‘lsak. Moskvaning bu qaroriga Qirg‘izistonda 15 yil ichida ommaviy norozilik ortidan mamlakat rahbarlari uch marta almashgani turtki bo‘ldi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston 1997 - yilning 10 - yanvarida Bishkekda abadiy do‘stlik shartnomasini imzolagan edi. Ammo amalda bu hujjat ishlamadi.

1998 - yilning noyabr oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki tomonlama abadiy do‘stlik shartnomasini imzoladi.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida yaqin diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Ammo Islom Karimov boshqaruvi davrida O‘zbekiston na Qozog‘iston, na Qirg‘iziston bilan do‘stona munosabatda edi. Karimov davrida 1 388 kilometrga cho‘ziluvchi o‘zbek-qirg‘iz chegarasi deyarli butunlay yopiq bo‘lgan.

Mirziyoyev 2016 - yil sentabrida hokimiyat tepasiga kelgach, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilashni va’da qildi.

Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston mintaqaviy hamkor davlatga aylandi, Toshkent bilan Nur-Sulton hududiy masalalar bo‘yicha fikr almasha boshladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy Osiyoning iqtisodiy va harbiy jihatdan eng qudratli hamda aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlatlaridir. Ammo bu ikki davlat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelgunicha keng miqyosda hamkorlik qilmayotgan edi.

XS
SM
MD
LG