Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:05

Markaziy Osiyo va Tolibon: bir mintaqadagi ikki xil vaziyat


Afg‘oniston. Burqa kiygan afg‘on ayol bolasi bilan qurolli Tolibon jangchisi yonidan o‘tib bormoqda. Jalolobod shahri, 2021, 12 - dekabr
Afg‘oniston. Burqa kiygan afg‘on ayol bolasi bilan qurolli Tolibon jangchisi yonidan o‘tib bormoqda. Jalolobod shahri, 2021, 12 - dekabr

Joriy yilning avgustida Tolibon Afg‘onistonda ikkinchi marta hokimiyatni egalladi. Ammo, Tolibon Kobulni birinchi marta egallab olgan 1996 - yil bilan taqqoslaganda eng katta farqlardan biri shimoliy qo‘shnilarining bunga nisbatan munosabati bo‘ldi.

Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari va Tolibon ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda, ammo bu munosabatlar hali zaif.

1996 - yil 26 - sentabrda Tolibon birinchi marta Kobulni egallab olgach, Markaziy Osiyo davlatlari Tolibon bo‘yicha xavotirlarini bildirib, BMT va butun dunyo hamjamiyatini Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirgan edi. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyani afg‘on dala qo‘mondoni Abdul Rashid Do‘stumni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan. Yakunda Karimovning Do‘stumni qo‘llab-quvvatlash taklifi rad etilgan, biroq O‘zbekistonning Tolibonga nisbatan pozitsiyasi aniq edi. O‘shanda Turkmanistonni hisobga olmaganda, O‘zbekistonning yondashuvi butun Markaziy Osiyo davlatlarining munosabatini ifodalagan.

25 yil o‘tib Tolibon deyarli qarshiliksiz yana Kobulni egalladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘sha kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashib, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan bir-biri bilan aloqada bo‘lib turishga kelishib oldi.

16 - avgust kuni Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Biz Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid ko‘rmayapmiz”, - degan bayonot berdi. KXShT bosh kotibi Stanislav Zas tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat barqarorligini aytib, Tojikistonning KXShT “mexanizmlarini” qo‘llashiga zarurat yo‘qligini aytdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 - avgust kuni Toshkent “afg‘on kuchlarining inklyuziv hukumat tuzishga tayyorligi haqidagi bayonotini” qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi va Tolibon bilan “yaqin aloqada” ekanini tasdiqladi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi esa, Afg‘oniston “o‘z tarixida yana bir muhim lahzani boshdan kechirmoqda. Ko‘p yillik mojaroni afg‘on xalqining o‘zi hal qilishi kerak”- deya o‘z munosabatini bildirdi.

Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari, garchi Tolibon elektr energiyasini to‘lay olmasligi ehtimoli bo‘lsada, Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatmadi.

So‘nggi yillarda Tolibon Afg‘onistondagi tojik yerlari, uylari, shaharlari va qishloqlarini vayron qilganini vaj qilib Tojikiston demokratik partiyasi hukumatni Tolibonni Afg‘oniston hukumati sifatida tan olmaslikka chaqirdi.

2021 - yil yakuniga kelib, Tojikistondan tashqari barcha Markaziy Osiyo davlatlari Tolibonning yuqori darajadagi vakillari bilan uchrashish uchun Kobulga delegatsiya yubordi va insonparvarlik yordamini ham ko‘rsatdi.

Tojikiston Tolibon vakillari bilan aloqa qilishdan o‘zini tiyib turmoqda, biroq yaqinda BMT Jahon oziq-ovqat dasturiga Tojikiston orqali Afg‘onistonga yordam jo‘natishga ruxsat berdi.

Turkmanistondan tashqari Markaziy Osiyoning to‘rttala mamlakati ham Rossiya yoki KXShT bilan birgalikdagi harbiy mashqlar ko‘lamini oshirdi.

Hozircha Markaziy Osiyo davlatlarini Tolibonga na do‘st, na dushman sifatida ko‘rsatish mumkin.

Markaziy Osiyo hukumatlari Afg‘onistondan tashqari hatto Arab dengizi va Hind okeaniga ham qiziqish bildirmoqda, Tolibon esa Afg‘onistonning ichki ishlariga e’tibor qaratgan.

Ayni damda har ikki tomon ham o‘zlari xohlagan narsaga erishayotgandek ko‘rinadi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘oniston bilan avtomobil va temir yo‘l orqali savdo qilishda davom etmoqda. Hozirda bu ikki davlat ham Tolibon vakillari bilan Markaziy Osiyoni Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan loyihalar yuzasidan muzokaralarga kirishgan.

Ammo Markaziy Osiyo hukumatlarining hech biri Tolibonni Afg‘oniston hukumati sifatida rasman tan olmagan.

XS
SM
MD
LG