Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:47

Markaziy Osiyo va Ukraina: Davlat OAVlari sukutda


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda. Riga, 11-yanvar, 2024
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda. Riga, 11-yanvar, 2024

Ikki yarim yildirki, Markaziy Osiyo davlat OAVlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida sukut saqlab kelmoqda. Aksar markaziy osiyoliklar urush haqidagi yangiliklarni asosan mustaqil OAVlardan oladi.

Sovet ittifoqi davrida aholi orasida “Agar «Pravda» gazetasi Napoleon davrida bo‘lganida, fransuz armiyasining Vaterloo jangidagi mag‘lubiyati haqida hech kim eshitmagan bo‘lardi", degan hazillar yurgan.

Zamonaviy Markaziy Osiyoda Turkmaniston davlat matbuotini «Pravda»ning merosxo‘ri deyish mumkin. Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri turkman matbuotida urush haqida biron bir maqola yoki xabar chop etilmadi.

Ukrainadagi jang maydonidan bir qancha markaziy osiyoliklarning jasadi kelgan bo‘lishiga qaramasdan, davlat matbuoti urush haqida onda-sonda kichik materiallar berish bilan kifoyalanadi.

Мирзиёев ташқи сиёсатни 19 йил бошқарган А. Комиловни нега ишдан олди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:23 0:00


Farqli ravishda ko‘plab mustaqil ommaviy axborot vositalari uchun ikki yarim yildan ortiq davom etayotgan urush asosiy axborot mavzusiga aylandi.

Rossiya-Ukraina urushi mintaqa aholisi orasida eng qiziqish yuqori mavzuga aylangani Rossiyaga xush kelmayotgani ham bor gap. Bu esa davlat nashrlarining aksari urush mavzusini yoritishni to‘xtatishiga sabab bo‘ldi.

Ehtiyotkorlik Markaziy Osiyoning Ukraina bo‘yicha umumiy pozitsiyasiga aylangan bo‘lsa-da, mintaqa rasmiylari tomonidan ba’zan dadil bayonotlar ham yangrab turadi.

Shunday bayonotlardan biri Qozog‘iston tomonidan berilgan edi. Qozog‘iston prezidenti Rossiya anneksiya qilgan hududlarni tan olmasligini ochiqchasiga bildirgan.

Qozog‘iston mintaqada Rossiya bilan quruqlik chegarasiga ega bo‘lgan yagona davlat bo‘lib, u dunyodagi eng uzun chegara hisoblanadi.

2022-yilda harbiy safarbarlikdan qochib 200 000 dan ortiq rossiyalik Qozog‘istonga ko‘chib o‘tdi. Urush va G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar Qozog‘iston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.

Ammo qozoq televideniyesini kuzatgan inson Rossiyaning Ukrainaga bosqini Qozog‘istonga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan deb o‘ylashi shubhasiz.

Qozog‘iston telekanallari Boliviyadagi o‘rmon yong‘inlari-yu Puerto-Rikoda elektr ta’minotidagi uzilishlardan tortib, Kongoda Mpox tarqalgani haqidagi xabarlarni berish bilan band.

Go‘yoki qozoq telekanallari Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirgani yoki Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga muntazam hujumlaridan umuman bexabardek.

2023-yil boshida Qozog‘iston davlat matbuoti urush haqida sanoqli materiallar bilan cheklandi. Ba’zi davlat teleradiokompaniyalari qozog‘istonlik ishbilarmonlarning insonparvarlik yordami doirasida Ukrainada boshpanalar qurish tashabbusini yoritib bordi.

Американинг Тошкентдаги собиқ элчиси Украина, Каримов ва Мирзиёев ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:45 0:00


Bu tashabbus, tabiiyki, Rossiyani ranjitmay qolmadi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri darhol tushuntirish talab qildi. Qozog‘iston tomoni esa «tushuntiriladigan narsa yo‘qligi»ni aytib, boshpanalar qurilishi «shaxsiy tashabbus» doirasida bo‘lganini ta’kidladi.

Oxirgi paytlarda qozoq matbuotida Ukraina mojarosiga oid xabarlar keskin kamaydi. Ozodlik radiosi qozoq xizmati davlat kanallariga Ukraina haqidagi xabarlarni to‘xtatish buyurilgani yoki yo‘qligini bilish uchun murojaat qildi.

«Xabar» davlat nashri vakili buni rad etib, xabarlar kamaygani, mojaro hududidan kelayotgan axborotlar haqqoniyligini tekshirish qiyinligi bilan izohladi.

O‘zbekiston davlat televideniyesi esa urush mavzusiga butunlay ko‘z yumib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG