Линклар

Шошилинч хабар
30 июл 2021, Тошкент вақти: 01:43

Matbuot kotibi bloger telefonini tortib olgani uchun undan uzr so‘radi(VIDEO)


Yakkabog‘lik bloger Elmurod Odil ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yashaydigan hududdagi muammolar to‘g‘risida tanqidiy chiqishlar qilib keladi.

Qashqadaryolik bloger Elmurod Odilning aytishicha, Yakkabog‘ tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov 24 - iyun kuni tuman hokimi qabuliga kelgan shikoyatchilardan intervyu olib turgan paytda uning mobil telefonini kuch bilan tortib olgan.

Matbuot kotibi telefonni olib hokimiyat binosiga kirib ketgan va bir soatdan so‘ng telefon xotirasidagi videolarni o‘chirib, qaytarib bergan.

Yakkabog‘ tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev matbuot kotibining bu harakati qonun doirasida hal qilinishini aytdi.

O‘zbekiston prezidenti 16 - iyunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga oid farmon imzolagan.

Яккабоғ тумани ҳокимига шикоят билан келган одамларнинг арзи.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00
Бевосита линк

24 - iyun kuni yuz bergan voqea to‘g‘risida Ozodlikka Elmurod Odil aytib berdi. Uning aytishicha, shu kuni ertalab Yakkabog‘ tuman hokimi Lutfiddin Abdullayevning qabuliga kirish uchun hokimiyat binosi oldiga o‘nlab fuqaro yig‘ilgan, hokim fuqarolarni hokimlik hovlisida bitta-bitta qabul qila boshlagan.

Shu asnoda bloger Elmurod Odil hokim qabuliga kelganlar muammolarini o‘rganish uchun, ular bilan gaplashib, videoga ola boshlagan. Bir payt tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov uning mobil telefonini tortib olib, hokimlik binosiga kirib ketgan:

“Men shikoyatchilar bilan gaplashib turganimda Sherzod Hasanov keldida, siz noto‘g‘ri axborot berasiz deb qo‘limga yopishib, telefonimni tortib oldi va hokimiyat binosi tomon chopib ketdi. Orqasidan yugurmoqchi edim, hokimlikning boshqa xodimlari ushlab qoldi”.

Шикоятчилар арзини ёзаётган блогер Элмурод Одилнинг телефонини Яккабоғ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати раҳбари Шерзод Ҳасанов тортиб олди.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Blogerning aytishicha, oradan qariyb bir soat o‘tgandan so‘ng Milliy gvardiya xodimi telefonini olib kelib bergan:

“Telefonni ochib ko‘rsam aholidan men yozib olgan suhbatlar o‘chirilgan. Hozir o‘sha videolarni tiklashga harakat qilyapman, lekin samarasi yo‘q. Menga alam qilayotgani bu harakatni ular maqsadli ravishda amalga oshirgani, chunki meni ushlab turgan boshqa xodimlar matbuot kotibi olib qochib ketishiga telefonni imkon yaratib berdi. Agar tuman hokimining buyrug‘i bo‘lmasa, kotib bu ishni qilishga jur’at qilolmas edi. Keyin bloger va oddiy aholiga hokimiyat binosiga telefon olib kirgani qo‘yishmaydi, men hokimlikning bir xodimidan iltimos qilib olib kirdirgan edim”.

Ozodlikka yuborilgan videoda hokimi qabuliga kelgan shikoyatchilardan biri voqea haqida bunday dedi:

“Hokimning qabuliga kelib aytgan muammolarimiz hal bo‘lmayapti. Bu qabullar shunchaki nomiga o‘tkazilyapti. Mana shu gaplarimizni blogerga aytgan edik, u chiqarsin, prezident hokimlarining qanday ishlayotganini ko‘rib qo‘ysin degandik. Lekin matbuot kotibi chiqib blogerning qo‘lidan zo‘rlik bilan yulib olib ketdi”.

Yakkabog‘ tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov Ozodlik bilan suhbatda blogerning telefoni tortib olinganini tasdiqladi va buning uchun blogerdan uzr so‘raganini aytdi:

“Bizlarda ichki yo‘riqnoma bor. Eshikdan kirganda telefon olib kirish mumkin emas. Bloger noxolis narsalarni chiqarmasdan, to‘g‘ri, xolis narsalarni chiqarsa bizning umuman qarshiligimiz yo‘q. Men Elmurodga hokimiyat binosiga telefon olib kirish mumkin emas, deb aytdim. U kishi seni ishing nima deb qo‘pollashdi va shunday hodisa bo‘ldi. Keyin Elmurod bilan telefonda gaplashdim, uzr ham so‘radim, ishdan so‘ng uchrashib gaplashib olishga kelishdik”.

Matbuot kotibi bloger telefonidan videolarni o‘chirib yuborganini inkor qildi:

“Telefoni kodi bor ekan. Ocholmadim, hech narsa o‘chirganim yo‘q!"

Yakkabog‘ tuman hokimi Lutfiddin Abdullayeva Ozodlik bilan suhbatda bu voqeadan xabari yo‘qligini, uni o‘rganib bu holat qonun doirasida hal qilinishini aytdi:

“Biz blogerlarga hech qachon bir narsani suratga olaman yoki intervyu olaman degan bo‘lsa qarshilik qilmaganmiz. Va mening OAVga to‘sqinlik qiladigan xarakterim ham yo‘q. Agar shunaqa holat yuz bergan bo‘lsa men tagiga yetaman va qonunda belgilangan tartibda chora ko‘raman!”

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 - iyun kuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga oid farmon imzolagan edi.

"Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonda davlat organlari ochiqlagini ta’minlashning bir qator choralari belgilab qo‘yilgan.

Mirziyoyev Toshkent viloyatiga qilgan safari chog‘ida ham jurnalist va blogerlarni dastaklashini aytgan edi:

“Tanqid qilinglar! “Nimaga sen shuni qilmayapsan? Nimaga topshiriqni qilmayapsizlar” deb, familiyasini, rasmini olib chiqib bir ko‘rsatinglar – butun el bilsin. Bu uchta-to‘rtta qarordan ham ko‘proq ta’sir qiladi, sizlarning kuchlaring katta”.

Ammo, prezidentning farmoni va erkin axborot olish uchun huquqiy baza yaratilgan bo‘lsa-da, mahalliy amaldorlar jurnalist va blogerlarning erkin ma’lumot olishiga to‘siq bo‘layotgani faktlari ko‘p uchramoqda.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovi yilida mahalliy muammolarni ko‘tarib chiqayotgan nashrlar va blogerlarga nisbatan bosim va tahdidlar ko‘paygani aytiladi.

Mahalliy hokimlar tumanlaridagi muammolarning rsepublikaga oshkor bo‘lib ketmasligi va buning uchun yuqoridan gap eshitmasligi uchun blogerlarni turli yo‘llar bilan ovozini o‘chirishga harakat qilayotgani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

XS
SM
MD
LG