Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 06:09

MB raisi: Ilk chorakda O‘zbekistonga xorijdan $2,5 mlrd pul o‘tkazildi


O‘zbekiston Markaziy banki raisi  Mamarizo Nurmuratov
O‘zbekiston Markaziy banki raisi  Mamarizo Nurmuratov

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijiy o‘lkalardan 2,5 milliard dollar miqdorida pul o‘tkazmalari kelib tushgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 25-aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirgan.

MB raisiga ko‘ra, pul o‘tkazmalarining katta qismi, aniqrog‘i 84 foizi Rossiya va Qozog‘istondan kelgan. Ayni paytda Nurmuratov Rossiyada ishlayotgan migrantdan O‘zbekistonga kelayotgan pul o‘tkazmalari oqimi kamayib borayotganini qayd etgan.

Rossiyadan kelayotgan pul 68 foizgacha qisqarganini ochiqlagan mulozim bu orada uzoq xorij o‘lkalaridan kelayotgan pul o‘tkazmalari hajmi oshganiga e’tibor qaratgan.

XS
SM
MD
LG