Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:07

Microsoft: Rossiyalik trollar Harris haqida feyk tarqatmoqda


Камала Ҳаррис
Камала Ҳаррис

Kremlga aloqadorligi taxmin qilingan “Trollar fabrikasi” AQSH prezidenti lavozimiga nomzod Kamala Harrisni obro‘sizlantirishga qaratilgan feyk videolarni tarqatmoqda. Bu haqda Microsoft shirkatining so‘nggi hisobotida aytilgan.

Microsoft qaydicha, rossiyalik trollar AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden saylovoldi poyganidan chiqqanidan bir oy o‘tib – avgust oyi oxiridan boshlab faollashgan. Hisobotda Storm-1516 va Storm-1679 deb nomlangan trollarning ikki guruhi haqida so‘z borgan. Storm-1516 guruhi Harris haqida ikkita feyk video tayyorlab tarqatgan, ularning har biri millionlab marta ko‘rilgan. Birinchi rolikda, uning tagmatnidan kelib chiqilsa, “Harris tarafdorlari uning raqibi Donald Trampni qo‘llab mitingga chiqqanlardan biriga hujum qilishmoqda”. Ikkinchi yasama rolikda esa uning qahramoni bo‘lgan ayol 2011-yilda Harris uni bosib ketgani, natijada u falaj bo‘lib qolganini iddao qilgan. Mazkur videolarni trollar feyk roliklari yoyinlanishidan bor-yo‘g‘i bir necha kun oldin yaratilgan va o‘zini OAV sifatida taqdim etayotgan saytda yoyinlashgan.

Parijdagi Olimpiada haqida kontent ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan Storm-1679 guruhi ham Harris siyosati haqida ikkita soxta video tayyorlagan. Ulardan birida Nyu-Yorkdagi reklama lavhasi tasvirlangan bo‘lib, lavhada “Butun Amerika bo‘ylab minglab bolaning olati kesilishini kutmoqda. Harris uchun ovoz ber! U, sizga yoqadimi-yo‘qmi, farzandlaringiz uchun jinsi almashtirish bo‘yicha bepul jarrohlik amaliyotini va’da qilmoqda. O‘g‘il bolalarni yana qizlarga aylantiramiz!” deb yozilgan feyk tashviqot namoyish qilingan. Rolik to‘rt soat ichida X ijtimoiy tarmog‘ida 100 ming martadan ko‘proq marta ko‘rilgan.

Microsoft kremlparast eski va yangi “trollar fabrikasi” AQSHda 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi arafasida yasama roliklarni, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilgan roliklarni tarqatishda davom etishi kutilayotganini qayd etgan. Microsoft hisobotida bu kabi “trollar fabrikasi” Eron va Xitoyda ham faoliyat olib borayotganiga to‘xtalingan.

XS
SM
MD
LG