Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:03

Minskda "jim turganlar" qamaldi


Belarus huquq himoyachilari Minskda o‘tgan “Sukunat tadbiri”ning 150 ishtirokchisi va 10 nafar jurnalistning hibsga olingani bildirishdi.

40 dan ziyod faollar esa mamlakatning boshqa hududlarida qo‘lga olingan.

Ozodlik muxbiriga ko‘ra¸ Belarus mirshablari o‘ta qo‘pol harakat qilib, jurnalistlarning foto va video kameralarini sindirishgan.

"Vyesna" inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, “Sukunat tadbiri”da bir necha yuz kishi ishtirok qilgan.

Belarusda “Ijtimoiy tarmoqlar inqilobi" deb nomlangan iznsiz tadbirlar to‘rtincha marta o‘tkazilmoqda.

“Sukunat tadbiri" ishtirokchilari hech qanday shiorsiz jimgina turib¸ ora-orada qarsak chalib qo‘yishadi.

Ular bu “jimlik" bilan rejimga qarshi ekanliklarini izhor qilishdi.
XS
SM
MD
LG