Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:17

Mirziyoyev amerikalik deputatlar bilan uchrashdi


O‘zbekiston prezidenti Sshavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyasi a’zolari bilan, Toshkent, 2024-yil 27-marti (president.uz fotosi)
O‘zbekiston prezidenti Sshavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyasi a’zolari bilan, Toshkent, 2024-yil 27-marti (president.uz fotosi)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSHning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan AQSH Kongressida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus ishini yuqori baholagan.

Uchrashuvda ishtirok etayotgan amerikalik deputatlarning o‘zlari vakili bo‘lgan Montana, Alabama, Vashington, Kaliforniya va Texas shtatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasida faol amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Ta’lim, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmog‘i va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi”, deyilgan prezident matbuot xizmati xabarnomasida.

Shuningdek, qabul paytida, AQSH hududlari biznesining O‘zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olingan, hamda Afg‘onistondagi vaziyat doxil xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

XS
SM
MD
LG