Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:26

Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘ngda) 2023-yilning 9-mayini ham Moskvada o‘tkazgan edi (arxiv surati)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘ngda) 2023-yilning 9-mayini ham Moskvada o‘tkazgan edi (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-may kuni Rossiya poytaxtida o‘tkazilajak harbiy paradda ishtirok etadi.

Parad haqida ma’lumot tarqatgan Kreml matbuot xizmati paradda qatnashishi kutilayotgan faxriy mehmonlar orasida Shavkat Mirziyoyev nomini ham sanab o‘tgan.

Kreml xabarnomasiga muvofiq, Moskvadagi harbiy paradda Mirziyoyevdan tashqari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos prezidenti Txonglun Sisulit va Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Sissoku Embalolar ham ishtirok etishadi.

RF prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, paradning faxriy mehmonlari mezbon prezident Vladimir Putin bilan birgalikda Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimida ham qatnashishadi.

Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan hali rasman tasdiqlanganicha yo‘q.

XS
SM
MD
LG