Линклар

Шошилинч хабар
02 May 2026, Тошкент вақти: 14:20

Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4-5-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘ladi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashrif Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Tashrif doirasida Kuala-Lumpur shahrida bosh vazir Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ko‘zda tutilgan”, deyilgan xabarnomada.

Shuningdek, tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Malayziya do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, “yashil” energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari muhokama etilishi, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilishi urg‘ulangan.

O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ham ko‘rib chiqishi qayd etilgan.

Mirziyoyev Anvar Ibrohim bilan oliy darajadagi uchrashuvi yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot va salmoqli bitimlar to‘plami qabul qilinishi rejalangan.

Bo‘lajak tashrifni O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga javob tashrifi deb atash mumkin. O‘tgan yilning may oyida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim uch kunlik safar bilan O‘zbekistonga kelgan, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, qator tadbirlarda ishtirok etgan edi.

XS
SM
MD
LG