Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:23

Misr parlamenti tarqatildi


Misr prezidenti Husni Muborak iste‘foga chiqqanidan keyin bu davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Oliy harbiy kengash kecha Misr parlamentini tarqatib yubordi hamda mamlakat konstitutsiyasini bekor qildi.

Oliy harbiy kengash bayonotida aytilishicha, bu organ saylov o‘tkazilgunicha, ya‘ni yaqin 6 oy davlat tepasida bo‘ladi.

Kengash rasmiy vakili bunday bayonot berdi:

- Mavjud hukumat yangi hukumat shakllanguniga qadar ishini davom ettiradi. Oliy harbiy kengash demokratik va erkin jamiyat tuzish uchun demokratik tartib- qoidalar asosida saylanadigan hukumatga hokimiyatni tinch o‘tkazib berishga harakat qiladi. Misr respublikasi o‘zining mintaqaviy va xalqaro bitimlariga sodiq qoladi.

Bosh vazir Ahmad Shafiq yetakchiligidagi Vazirlar mahkamasi hozircha ishlab turibdi. Bosh vazir kechagi bayonotida "shu kundagi asosiy vazifa uch haftaga cho‘zilgan ommaviy namoyishlardan keyin mamlakatda tartibni qayta tiklashdir", dedi.

Qohiraning ommaviy namoyishlar o‘tkazilgan Tahrir maydonida kecha avtomobillar qatnovi qayta tiklandi. Biroq muxolifat tarafdorlarining bir qismi kecha ham maydonni tark etmadi.
XS
SM
MD
LG