Ayni paytda prezident Husni Muborak tarafdorlari va uning iste‘fosini talab qilayotgan namoyishchilar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda.
3 fevral kuni Tahrir maydonida hukumatga qarshi namoyishchilardan bir necha kishi nobud bo‘lgani xabar qilindi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Ahmad Samiy Farid televideniye orqali qilgan chiqishida chorshanba kuni boshlangan to‘qnashuvlarda besh kishi nobud bo‘lganini aytdi.
Al-Arabiya televideniyesi zo‘ravonliklar paytida kamida 10 kishi o‘lganini xabar qildi.
Televideniye orqali namoyish qilingan lavhada armiya askarlari Qohirada fuqarolar kiyimidagi odamlarni hibsga olayotgani tasvirlangan.
Chorshanba kuni tuya va otlar mingan Muborak tarafdorlari Tahrir maydonida namoyishchilarga hujum qilganidan keyin boshlanib ketgan to‘qnashuvlarda uch kishi nobud bo‘ldi, 600dan ortig‘i yaralandi.
Namoyishchilar hujum qilganlar formasiz politsiya xodimlari bo‘lganini aytmoqda¸ biroq Ichki ishlar vazirligi bu iddaoni rad qildi.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Misr vitse-prezidenti Umar Sulaymon bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida zo‘ravonliklarni qoralab¸ qarama-qarshilik uchun mas‘ul shaxslarni javobgarlikka tortishga undadi.
Oq uy Misrda hokimiyat tinch yo‘l orqali o‘zgarishiga imkoniyat yaratish uchun zo‘ravonliklar to‘xtatilishi kerakligini aytdi.
BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun yuzaga kelgan vaziyatni qabul qilib bo‘lmas deya baholadi.
- Misrda davom etayotgan zo‘ravonliklar meni jiddiy tashvishga solmoqda. Men barcha tomonlarni yana bir marta og‘ir bosiq bo‘lishga chaqiraman. Sodir bo‘layotgan voqealar qabul qilib bo‘lmas hol. Tinch namoyishchilarga qarshi har qanday hujum qabul qilib bo‘lmas hol va men buni keskin qoralayman, deya bayonot berdi BMT Bosh Kotibi Ban Ki Mun.
Misr muxolifati lideri, Nobel tinchlik mukofoti sohibi Muhammad ElBaradey armiyani zo‘ravonliklarni to‘xtatishga chaqirdi.