Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:28

Mtavari: Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqchi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Gruziya va Rossiya rasmiylari diplomatik munosabatlarni tiklash jarayonini boshlashdi, Tbilisi Gruziyaning Moskvadagi elchixonasi uchun xodim yig‘ishni boshlab yubordi, deya xabar qildi muxolifatdagi Mtavari Arkhi telekanali o‘z manbalaridan olingan ma’lumotga tayangan holda.

Telekanalning “Kremlga yaqin” suhbatdoshlari “Gruziya orzusi” hukmron partiyasi bu kabi rejalarni rad etayotganini bildirishgan, Gruziya hukumati vakillari esa elchixonaning ochilishiga oid xabarni asossiz, deb atashmoqda.

Hammasi Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaaloqaning tiklangani, Gruziya fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilingani va [“xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi] Rossiya qonunining qabul qilganiga o‘xshash ssenariy bo‘yicha ketmoqda”, deya qayd etgan telekanal.

Uchinchi iyun kuni Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili “Xorijiy ta’sir shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Ertasi kuni hukmron partiya parlamentga LGBT huquqlarini cheklovchi qonun loyihalari paketini kiritgan.

Gruziya rasmiylarining yangi siyosati g‘arb siyosatchilari tomonidan faol tanqid qilib kelingan. AQSH Gruziyadagi ayrim deputat va mulozimlarga qarshi viza cheklovi joriy qilgan, Yevropa Ittifoqi esa Tbilisi YIga kirish uchun nomzod maqomini yo‘qotishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni 2008-yilda Rossiya-Gruziya urushidan keyin uzib qo‘ygan edi.

XS
SM
MD
LG