Линклар

Шошилинч хабар
11 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:36

O‘zbekiston hududida ikki zilzila sodir bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 5-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:16 da O‘zbekistonning Namangan viloyatida 3,7 magnitudali zilzila kuzatildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha poytaxt Toshkentdan 194 kilometr olislikda bo‘lgan.

Yer silkinishi kuchi viloyatning Kosonsoy tumanida 3 ballga, Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ballga, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida 2 ballga teng bo‘lgan.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, shuningdek, 6-may kuni Toshkent vaqti bilan 10:41 da Samarqand viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini qayd etgan. Zilzila markazi janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkentdan 263 kilometr uzoqlikda (Urgut tumanida) bo‘lgan.

Yer silkinishi kuchi Urgut tumanida 2-3 ballni, Samarqand viloyatining Toyloq, Bulung‘ur, Samarqand tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumanlarida 2 ballni tashkil etgan.

XS
SM
MD
LG