Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:55

Namanganlik pensioner 7 yashar qizchaga tegajog‘likda gumonlanyapti


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yashar qizchaga nisbatan uyatsiz harakatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmati qaydicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. isli ayol ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda 27-mart kuni voyaga yetmagan qizi J. S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I. B. (erkak, 1956-yilda tug‘ilgan) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea yuzasidan joriy yilning 5-aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I. B. ga nisbatan O‘zbekiston JKning 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani Namanganda sodir bo‘lgan holatni o‘z kuzatuviga olingani, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.

Ozodlikka yetib kelgan ma’lumotlarda pedofiliyada gumonlanayotgan namanganlik I. B. avval ichki ishlar organlarida ishlab, o‘sha yerdan pensiyaga chiqqani iddao qilingan, biroq bu iddao hali rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanganicha yo‘q.

XS
SM
MD
LG