Линклар

Шошилинч хабар
03 март 2021, Тошкент вақти: 01:33

Navalniy yakshanba kuniga rejalangan namoyishlar oldidan rossiyaliklarni "qo‘rqmaslik"ka chaqirdi


Tergov hibsxonasida saqlanayotgan Aleksey Navalniy videokonferensiya tarzida o‘tgan apelyatsiya mahkamasida - 28 - yanvar, 2021

Muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy qamoqdan turib tarafdorlarini ommaviy ravishda yana bir bor umummilliy namoyishlarga chiqishga chaqirdi. Ayni paytda Rossiya bo‘ylab uning jamoasi faollarini hibsga olishlar davom etmoqda. Rasmiylar odamlarni ruxsat etilmagan namoyishchilarda ishtirok etishning oqibatlaridan ogohlantirmoqda.

O‘zining veb-saytida joylashtirilgan murojaatida tergov hibsxonasida saqlanayotgan Aleksey Navalniy rossiyaliklarni qo‘rquvni chetga surib, barcha shaharlarda yangi aksiyalar o‘tkazishga chaqirgan.

“Yana ko‘chaga chiqing, hech narsadan qo‘rqmang. Zulm va korrupsiya hukmron davlatda hech kim yashashni istamaydi. Biz ko‘pchilikmiz”, deydi Navalniy 28 - yanvarda e’lon qilingan xatida.

Navalniy va uning jamoasi navbatdagi mitinglarni 31 - yanvar kuniga rejalashtirgan.

O‘tgan hafta, politsiya tazyiqiga qaramay, Rossiya bo‘ylab Navalniy himoyasi uchun o‘tkazilgan norozilik aksiyalarida yuz minglab odam qatnashgan. Norozilik chiqishlari chog‘ida 4 mingga yaqin odam hibsga olingan.

Sankt-Peterburg mahkamasi shahardagi Navalniy shtabi yetakchisi Irina Fatyanovaga 10 kunlik hibs muddati belgiladi. Irinaning safdoshlari Tvitterda xabar berishicha, u ruxsat etilmagan yig‘ilishlarni tashkil etishda aybdor, deb topilgan. Irina ayni ayblov bilan allaqachon 7 kunlik hibs muddatini o‘tayotgan edi.

Россиядаги ўзбекистонлик муҳожирлар намойишлар ва Навальний ҳақида нима демоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:18 0:00

Muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 - yanvar kuni Berlindan Moskvaga uchib kelishi bilan qo‘lga olingan. Germaniyaga u o‘tgan yil yozida “Novichok” moddasi bilan zaharlanishi ortidan olib ketilgan va o‘sha yerda davolangandi. Navalniy Rossiya poytaxtida qo‘lga olinganidan bir kun o‘tgach, 30 kunlik hibs muddatini o‘tash uchun tergov hibsxonasiga yo‘llangan.

Germaniyada besh oy davolangan Aleksey Navalniy 17 - yanvar kuni Rossiyaga uchib kelganidan keyin hibsga olingandi. U shartli ravishda qamoqqa hukm qilingan shaxs sifatida xorijdalik payti sinov muddati shartlarini buzganlikda ayblanmoqda. U 30 kunlik hibs muddatini o‘tash uchun “Matrosskaya tishina” tergov hibsxonasiga yo‘llangan. Navalniy aynan Putin buyrug‘i zaharlanganini aytib, tergov hibsxonasiga olib ketilishidan oldin rossiyaliklarni “ko‘chalarga chiqishga” chaqirgan.

2 - fevralda bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida Navalniy uch yarim yilga qamalishi mumkin.

28 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan mahkama Navalьniyga berilgan 30 kunlik hibs muddatini o‘zgarishsiz qoldirdi. Sud jarayonida videoaloqa orqali qatnashgan Navalniy hibsga olinishini «o‘zi va boshqa barcha insonlarni qo‘rqitish vositasi hamda Rossiyada oddiy holga aylangan qonunsizlik ramzi» deb atadi.

Oy oxiriga rejalashtirilgan namoyishlar boshlanmasidanoq politsiya Navalniy jamoasi va tarafdorlarini hibsga ola boshladi. Politsiya shuningdek, har qanday ruxsat etilmagan namoyish kuch bilan tarqatilishidan ogohlantirgan.

Navalniy boshchilik qiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Gelenjik yaqinidagi Vladimir Putinning 1,35 milliard dollar deb baholangan saroyi haqida surishtiruvini e’lon qilgandi. Qariyb 2 soatlik video hozirgacha 100 million martadan ko‘proq ko‘rilgan.

Putin surishtiruvni “kompilyatsiya” deb atagan va bu saroy o‘ziga qarashli emasligini aytgan.

XS
SM
MD
LG