Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2024, Тошкент вақти: 01:02

Nazarboyev oila a’zolari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi


Nursulton Nazarboyev, Astana, 20-noyabr, 2022
Nursulton Nazarboyev, Astana, 20-noyabr, 2022

Qozog‘istonda deputatlar Nursulton Nazarboyevning yaqin oila a’zolarini daxlsizlik huquqidan mahrum qiluvchi qarorni ma’qulladi.

13-yanvar kuni Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “deputatlar talabi va 2022-yilning iyun oyida o‘tkazilgan umumxalq referendumiga binoan ushbu qarorni qabul qildi. Ikki kun oldin Nazarboyev nomini konstitutsiyadan olib tashlash va elboshi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ham ma’qullangan edi.

2000-yilda Nazarboyev va uning oila a’zolariga boshqa imtiyozlar bilan bir qatorda har qanday jinoiy javobgarlikdan umrbod daxlsizlik huquqi (davlatga xiyonat qilish jinoyati bundan mustasno) berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Mazkur qonun bekor qilingan bo‘lsa-da, Nazarboyevning o‘zi prezidentlik to‘g‘risidagi qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishdan daxlsizlik huquqiga ega.

Qozog‘iston parlamenti joriy hafta Nazarboyevni Senatning umrbod faxriy a’zosi maqomidan ham mahrum qildi.

Qasim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvaridan beri Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nazarboyevning bir qator vakolatlarini bekor qilib kelmoqda.

Nazarboyev dastlab prezidentlikdan ketganidan keyin Xavfsizlik Kengashi rahbari sifatida katta vakolatlarni saqlab qoldi. Shuningdek, u "elboshi" unvoniga ham ega edi.

Nazarboyev boshqaruvi davrida avj olgan korrupsiya va uning oilasi va yaqin do‘stlariga berilgan imtiyozlar o‘tgan yil yanvar oyidagi tartibsizliklarning sabablaridan biri bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Toqayev Nazarboyevni Xavfsizlik Kengashidagi lavozimidan mahrum qildi. Nazarboyev oilasiga yaqin bir qancha shaxslar o‘z lavozimlaridan chetlatildi. Ayrimlari korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. Nazarboyevning jiyanlaridan biri korrupsiya ayblovi bilan olti yilga qamaldi.

Qozog‘istonlik tanqidchilar Toqayevning tashabbuslari yuzaki ekanligini hamda mamlakatda yillar davomida avj olgan korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikka asoslangan boshqaruvni o‘zgartirmaganini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG