Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 01:09

O‘n olti yashar o‘smir “Chorsu” mehmonxonasida nobud bo‘ldi


Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi binosi (arxiv surati)
Toshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi binosi (arxiv surati)

Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan o‘smir u yerdan tushib ketib vafot etdi.

Kun.uz nashrining O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilishicha, hodisa 28-noyabr oqshomida sodir bo‘lgan.

“Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan, 2008-yilda tug‘ilgan fuqaro Y.E. sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqqan. U binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib ketib, voqea joyida vafot etgan”, deyilgan BP axborotida.

Qayd etilishicha, o‘lim yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan Shayxontohur prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Ozodlik avvalroq Toshkentning ramzlaridan bo‘lgan “Chorsu” binosi buzilishi haqida xabar qilgandi.

Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi ishlab chiqqan 170 million dollarlik loyiha doirasida eski musofirxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turarjoy binolari barpo etiladi.

Qurilish ishlarini 2025-yilda boshlab, 2029-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

1982-yilda me’mor Vladimir Spivak loyihasi bo‘yicha qurilgan va dastlab “Moskva” deb nomlangan “Chorsu” mehmonxonasi salkam chorak asrdan beri qarovsiz holda yotibdi.

So‘nggi yillarda xaroba ahvoldagi inshoot arab, koreys va turk sarmoyadorlariga sotilgan.

XS
SM
MD
LG