Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:55

O‘zbek rok musiqasi afsonasi Davron G‘oyipov olamdan o‘tdi (VIDEO)


Davron G‘oyipov 1980-yilda  O‘zbekistondagi ilk hard rock musiqa guruhi - "Original"ga asos solgan.
Davron G‘oyipov 1980-yilda  O‘zbekistondagi ilk hard rock musiqa guruhi - "Original"ga asos solgan.

O‘zbekistonlik taniqli pop-rok qo‘shiqchisi Davron G‘oyipov uzoq xastalikdan so‘ng 61 yoshida vafot etgan.

Bu haqda 7-oktabr kuni tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tasdiqladi.

"Bugun o‘zbek estradasi san’ati osmonining yana bir yulduzi so‘ndi. O‘zbekistonlik taniqli rok-pop xonandasi Davron G‘oyipov xastalikdan so‘ng, 61 yoshida vafot etdi", deb yozdi Nazarbekov o‘zining Feysbuk sahifasida.

Ўзбек роки асосчиси Даврон Ғоипов: Рок – бу миллий мусиқа!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:22 0:00

Taniqli boshlovchi Tolibjon Isroilovning Instagram sahifasida marhumning yaqinlariga tayanib yozishicha, Davron G‘oyipov 8-oktabr kuni o‘zi tug‘ilgan Urganch shahrida dafn etiladi.

Qo‘shiqchini yaqindan bilgan o‘zbek shou-biznesi vakillaridan birining Ozodlikka bildirishicha, Davron G‘oyipov shu yil martida Surxondaryo viloyatida avtohalokatga uchragan. Hodisada umurtqa pog‘onasi jiddiy shikastlangan qo‘shiqchi shundan buyon Qarshi shahridagi kasalxonada muolaja olayotgan edi. Manbaning aytishicha, avvalroq Davron G‘oyipov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan edi.

Davron G‘oyipov 1961-yil 7-oktabrda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini 1978-yilda "Yalla" guruhining bas gitarachisi sifatida boshlagan xonanda 1980-yillarda O‘zbekistondagi ilk hard rock musiqa guruhi - "Original"ga asos solgan. Tez orada butun Sovet Ittifoqiga tanilgan G‘oyipov ijrosidagi "Sen qaydan bilasan", “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Shoshmagin”, "Bu nima bu", "Qaydasan" qo‘shiqlari o‘sha paytdagi yoshlar orasida katta shuhrat qozongan.

Davron G‘oyipov O‘zbekistonning sovet davridagi qudratli partiya arboblaridan, sobiq kompartiya rahbari Sharof Rashidovning yaqin safdoshi va sotsialistik mehnat qahramoni Ro‘zmat G‘oyipovning o‘g‘lidir. Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan G‘oyipov 1980-yillar boshidagi "paxta ishi" figurantlaridan bo‘lgan. U korrupsiya ayblovlari bilan hibsga olinish arafasida o‘z joniga qasd qilgani aytiladi. Ayni jinoyat ishi doirasidagi tergov jarayoniga partiya arbobining oila-a’zolari ham jalb qilingan. Jumladan, Davron G‘oyipov 1984-yilda “paxta ishi” doirasida sud qilinib, 5 yil Rossiyaning Angarsk qamoqxonasida jazo o‘tagan. 1990-yilda Toshkentga qaytgan Davron G‘oyipov "Original" guruhini qayta tiklaydi va "Bu nima, bu" filmida suratga tushadi.

G‘oyipovlar sulolasining boshqa bir ko‘zga ko‘ringan a’zosi - "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining sobiq rahbari Arslon Ro‘zmetov 2008-yilda O‘zbekiston qamoqxonasida vafot etgan edi. Bir muddat Moskvaning "Vnukovo" xalqaro aeroportini boshqargan Arslon Ro‘zmetov vatanida iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan va 2007-yilda Toshkentning so‘rovi bilan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

XS
SM
MD
LG