Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 19:00

O‘zbek sportchilari Parijdan tarixiy natija bilan qaytmoqda


Parijdagi o‘zbek sportchilarining g‘oliblik yurishi dzyudochi Diyora Keldiyorovaning g‘alabasi bilan boshlangan edi
Parijdagi o‘zbek sportchilarining g‘oliblik yurishi dzyudochi Diyora Keldiyorovaning g‘alabasi bilan boshlangan edi

Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarini 13 ta medal bilan yakunlagan O‘zbekiston milliy olimpiya jamoasi 12-avgust kuni tushdan keyin Toshkentga qaytadi.

Olimpiadada o‘zbek sportchilari 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, medallar soni bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinni egallab, avvalda misli ko‘rilmagan natijaga erishganlar.

Bundan avval o‘zbekistonlik sportchilar eng yuqori natijaga 2016-yili Rioda erishgan bo‘lib, o‘shanda ular medallar soni bo‘yicha 21-o‘ringa chiqishga muvaffaq bo‘lishgan edi.

Parij olimpiadasida eng ko‘p oltin medal boks yo‘nalishi bo‘yicha Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Bahodir Jalolov tomonidan qo‘lga kiritilgan. Bundan tashqari, milliy olimpiya jamoasi dzyudo (Diyora Keldiyorova), taekvondo (Ulug‘bek Rashidov) va erkin kurash (Razambek Jamalov) yo‘nalishlari bo‘yicha ham bittadan oltin medal bilan qaytishmoqda.

Shu bilan birga, o‘zbek sportchilari galdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika (Akbar Jo‘rayev) va taekvondo (Svetlana Osipova) yo‘nalishlari bo‘yicha bittadan kumush, dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha ikkita (Muzaffarbek To‘raboyev va Alisher Yusupov) hamda erkin kurash (G‘ulomjon Abdullayev) yo‘nalishi bo‘yicha bitta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu gal O‘zbekiston Olimpiadada qozonilgan medallar soni bo‘yicha MDH mamlakatlari, shuningdek, turk va musulmon davlatlari orasida ham birinchi bo‘lgan.

Dushanba kuni O‘zbekistonga qaytajak Milliy olimpiya jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG