Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:36

O‘zbekiston Afg‘onistonga galdagi insonparvarlik yordamini yo‘lladi


Afg‘onistonga gumanitar yukni olib borgan o‘zbek rasmiylari Tolibon vakillari bilan, Hayraton, 2024-yil 25-apreli
Afg‘onistonga gumanitar yukni olib borgan o‘zbek rasmiylari Tolibon vakillari bilan, Hayraton, 2024-yil 25-apreli

Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidan Afg‘onistonning Balx viloyatiga qariyb 170 tonnalik insonparvarlik yordami karvoni yetib borgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Hokimlik qaydicha, “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonga yetkazilgan galdagi gumanitar yuk tarkibiga 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) kirgan.

Gumanitar yordam yuki yetib borgani ortidan, hokimlik xabarnomasida aytilishicha, “Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamrayev, Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi" bo‘lib o‘tgan.

Ozodlik avval xabar qilganidek, O‘zbekiston rasmiylari “Tolibon” harakati vakillari 2021-yil 15-avgustida Kobulni egallab, hokimiyat tepasiga kelganidan bir oy o‘tar-o‘tmas (2021-yil, sentyabr) Afg‘onistonga ilk insonparvarlik yordamini yo‘llagan. O‘shandan buyon o‘tgan 2,5 yildan ko‘proq vaqt mobaynida Toshkent toliblarga bir necha bor gumanitar yuk jo‘natgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG