Taniqli matematik Shavkat Ayupov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylangan. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Akademiyaning 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy majlisi qatnashchilari ana shunday qarorga kelingan.
O‘zbekiston prezidenti shu kungi farmoni bilan mazkur tayinlovni tasdiqlagan.
72 yoshli Shavkat Ayupov bunga qadar Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori vazifasida ishlab kelgan.
Joriy yil noyabr oyidagi saylovda Toshkent shahridan Oliy Majlis Senati a’zoligiga ham saylangan.
Fizika-matematika fanlari doktori, akademik SH. Ayupov 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, 2017-yilda I darajali davlat mukofoti, 2021- yilda esa “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Ayni paytda Fanlar akademiyasining rasmiy saytida ma’lumotlar yangilanmagani, jumladan, prezident lavozimi vakant holda turganini ko‘rish mumkin.
Ozodlik joriy yilning 28-avgust kuni Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etgani haqida xabar qilgan edi.