Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:51

O‘zbekiston Germaniyaga "himoyaga muhtoj" afg‘on qochqinlarini olib chiqishda yordam ko‘rsatadi


Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Toshkent aeroportida Bundesver harbiylari tomonidan qarshilandi - 27 - avgust, 2021
Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Toshkent aeroportida Bundesver harbiylari tomonidan qarshilandi - 27 - avgust, 2021

O‘zbekiston Germaniya ro‘yxatidagi Tolibondan qochayotgan va evakuatsiyaga muhtoj afg‘onlarga chegarasini ochishga tayyor, deb bildirdi jurnalistlarga 30 - avgust kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

30 - avgust kuni Xayko Maas Toshkentda hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan edi. Uning ma’lum qilishicha, rasmiy Berlin Toshkentdan qochqin borasida boshqacha ko‘mak ko‘rsatishni so‘ramagan.

Germaniya ro‘yxatida Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishi lozim bo‘lgan yana 10 ming kishining ismi bor. Ro‘yxatga Germaniya fuqarolaridan tashqari nemis elchixonasida ishlagan mahalliy aholi, huquq himoyachilari va jurnalistlar kiritilgan.

17 - avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqot qilgan va muloqot chog‘ida O‘zbekiston Afg‘onistondan nemis fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha Germaniya bilan hamkorlik qilishi haqida kelishilgandi.

Shundan so‘ng 19 - avgustdan boshlab Toshkent-3 aeroporti Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotganlar tranziti uchun ajratib berilgandi.

"Nemis to‘lqini"ning iqtibos keltirishicha, Germaniya Tashqi ishlar vaziri havodan evakuatsiya amaliyotlari tugagach quruqlikdan evakuatsiya qilish murakkab jarayon ekanini aytgan. Uning izoh berishicha, bir tomondan, Tolibonning xavfsizlik kafolatlari kerak bo‘ladi, ikkinchi tarafdan esa, evakuatsiya punktlarini oldindan e’lon qilib bo‘lmaydi. U yerga, Kobulda bo‘lgani kabi evakuatsiya qilinadiganlar qatoriga kirmaydigan minglab odamlar to‘planishi mumkin.

Bundesver bilan hamkorlik

Germaniya 2015 - yil oktabriga qadar Termiz aeroportidan Afg‘onistondagi amaliyotlarda foydalanib kelgan.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya 2001 - yilda Afg‘onistonda harbiy amaliyot boshlagan paytda taqdim etilgan Termiz aerodromi Ikkinchi Jahon urushidan keyin Germaniyaning xorijdagi ilk harbiy bazasi sifatida, Bendesver uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Germaniya harbiylari Termizdagi bazaga 2002 - yil 15 - fevralida joylashtirilgan. Dastlab Germaniya hukumati baza ijarasi uchun O‘zbekistonga oyiga 240 ming yevro haq to‘lagan.

2005 - yildan esa Germaniya ayni baza ijarasi uchun yiliga 12 million 400 ming yevro to‘lagani aytiladi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida 2011 - yilda erishilgan kelishuvga muvofiq, Germaniya Termiz bazasi uchun to‘lanadigan yillik ijara haqini 15 million 950 ming yevroga ko‘targan edi.

2015 - yil boshida O‘zbekiston bilan Termiz harbiy bazasidan foydalanish bo‘yicha bitimni uzaytirishga kelishilgan, ammo oradan 10 oy o‘tib, Germaniya tomoni Termizdagi bazaga ehtiyoj qolmaganini aytgan edi.

Афғонистонда гуманитар инқироз. Ўзбекистон чегарасида нима гап?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:15 0:00

Boshqa qochqinlarga yopiq

Ayni paytda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Afg‘onistondagi Tolibon rejimidan qochganlarga o‘z chegaralarini ochishga tayyorligi haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.

“Hozirda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi to‘liq yopilgan va “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktidan quruqlik orqali o‘tish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan”,-deyiladi 30 - avgust kuni e’lon qilingan bayonotda.

O‘tgan hafta O‘zbekiston 150 nafar afg‘onistonlik qochqinlarni Tolibon bilan muzokaralar orqali vataniga qaytargandi. BMT Qochqinlar tashkiloti O‘zbekistonning, huquq faollariga ko‘ra, ziddiyatli ushbu qaroriga munosabat bildirmagan.

O‘zbekistonda BMT Qochqinlar agentligining idorasi yo‘q, ammo o‘tgan oy hukumat delegatsiyasi Jenevadagi Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik idorasi bilan muzokaralar olib borgan edi.

O‘zbekiston yana 400 nafar afg‘onistonlik qochqinni qabul qilganini aytgan.

Toshkent Afg‘onistondagi g‘arb koalitsiyasi, jumladan, Germaniya va Polshaga o‘z fuqarolari hamda afg‘on qochqinlarini O‘zbekiston hududi orqali evakuatsiya qilishga ko‘mak ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG