Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 12:28

O‘zbekiston seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonga yordam yuki yo‘lladi


O‘zbekiston tomonidan Novqatga yetkazib berilgan gumanitar yuk
O‘zbekiston tomonidan Novqatga yetkazib berilgan gumanitar yuk

O‘zbekiston tomoni 3-iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Novqat tumanidagi seldan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami yetkazib bergan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaydicha, gumanitar yuk O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjarbek Zuparov yetakchiligidagi delegatsiya hamrohligida yetkazilgan.

95 tonnalik insonparvarlik yordami 24 tonna un, 12 tonna guruch, 10 tonna shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlardan iborat.

Novqat tumani hokimi Jaqipbek Subaqo‘jo‘yev Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga O‘zbekistondan kelgan insonparvarlik yordami maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ehtiyojmand kishilar o‘rtasida taqsimlanishini bildirgan.

Avvalroq 28-iyun kungi sel toshqini natijasida Novqat tumanida 125 ta uy yaroqsiz holga kelgani, 12 ko‘prik vayron bo‘lgani, 19 kilometrdan ko‘proq yo‘l suv ostida qolgani xabar qilingan edi.

Tabiiy ofat oqibatida O‘sh viloyatining Novqat va Qorag‘ulja tumanlarida 14 kishi nobud bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 20 apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davr ichida Qirg‘izistonda sel toshqinlari tufayli ko‘rilgan zarar miqdori 170 million so‘mdan ko‘proqni (shu kundagi kurs bo‘yicha 1 million 975 ming AQSH dollari atrofida - tahr.) tashkil etgan.

XS
SM
MD
LG