Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:11

O‘zbekiston Senati "nomaqbullar" haqidagi qonunni ma’qulladi


O‘zbekiston Senati rahbari Tanzila Norbayeva Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko bilan.
O‘zbekiston Senati rahbari Tanzila Norbayeva Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko bilan.

Oliy Majlis Senati 20-sentyabr kungi yalpi majlisida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda nomaqbul deb topishga doir qonunni ma’qulladi.

Mazkur qonunga muvofiq, “O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi.

“Qora ro‘yxat”ga

  • O‘zbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan;
  • davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib chiqaruvchi;
  • O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar hamda harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritilishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi yuritadigan ro‘yxatga tegishli shaxslarni kiritish Oliy Majlis palatalarining kengashlari va maxsus vakolatli organlarning taqdimiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hududida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarga

  • 5 yil davomida mamlakatga kirish;
  • bankda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda qatnashish;
  • moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi.

"Suverenitetga tahdid"

O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslar 10 kun ichida mamlakatni tark etmasa, majburan chiqarib yuboriladi.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston parlamenti quyi palatasining 25-iyun kungi yig‘ilishida qabul qilingan edi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilmoqda. Ular chet elliklarni mamlakatda qolishni istamagan deb tan olish asoslari va tartibini belgilaydi.

“Номақбуллар” қонуни кимга қарши қаратилган?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:01 0:00

Qayd etilishicha, qonun loyihasi hozirgi globallashuv sharoitida O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash zaruratidan kelib chiqqan.

Oldinroq rossiyalik ba’zi targ‘ibotchilarning O‘zbekistonga qarshi bayonotlaridan so‘ng bir qator jamoatchilik faollari Tashqi ishlar vazirligiga o‘zining “nomaqbul shaxslar” ro‘yxatini tuzishni taklif qilishgandi.

Xususan, rossiyalik propagandachi va yozuvchi Zaxar Prilepinning 2023-yil dekabr oyida O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonoti ortidan Toshkentdagi rus elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga "taklif etilgan". “O‘zbekiston suverenitetiga tahdid” deb baholangan ushbu mojaro bosilmasdan rossiyalik yana bir propagandachi bahsli bayonot bilan chiqishi mahalliy faollarni darg‘azab qilgan edi.

Shu yilning 22-yanvar kuni Rossiyaning NTV telekanalida efirga uzatilgan “Mesto vstrechi” tok-shousida Markaziy Osiyo respublikalarining tashkil etilishi masalasi muhokama qilingandi.

"Ўзбекистонни Россияга қўшиб олиш". Тошкент "чуқур ташвишда", аммо норозилик нотаси йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:42 0:00

Rus imperiyachiligi targ‘ibotchisi deb ta’riflanadigan Mixail Smolin ko‘rsatuv davomida o‘zbek, qozoq va ozarbayjonlarning millat sifatidagi ko‘p asrlik tarixini shubha ostiga oldi.

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan yangi qonunga tarmoqlarda turlicha munosabat bildirilgan.

Ayrim faollar buni rus propagandachilariga qarshi vaqtida berilgan javob desa, boshqalar qonunning talqinlarga ochiqligi va siyosiy muxoliflar hamda hukumat tanqidchilariga qarshi qo‘llanishi mumkinligidan xavotirda.

XS
SM
MD
LG