Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2021, Тошкент вақти: 20:31

O‘zbekiston toliblar Afg‘onistoni bilan savdoni qanday tiklamoqda?


O‘zbek-afg‘on chegarasidagi nazorat-o‘tish nuqtasi - 20 - avgust, 2021.

O‘zbekiston Tolibon hukumatini rasman tan olgani yo‘q, lekin ular bilan muzokaraga kirishmoqda, mahalliy tadbirkorlar esa savdo-sotiq aloqalarini tiklashyapti. Afg‘oniston ularni avvalo boshqa mamlakatlarga mol yetkazib berish uchun tranzit davlat o‘laroq qiziqtiradi.

4 - noyabr kuni O‘zbekistonning soqchilar hamrohligidagi savdo karvoni Afg‘oniston hududi orqali Pokistonga yetib bordi.

Tolibon vakillari ushbu xabarni “Afg‘oniston endilikda mintaqadagi batamom xavfsiz mamlakat bo‘ldi”, degan mazmunda talqin qilishdi. Holbuki, toliblar mamlakatni o‘z nazoratiga olishganidan beri u yerda dam-badam terroristik xurujlar sodir bo‘lmoqdaki, yangi hukumat bunda “Islom davlati” radikal guruhini ayblab keladi.

Xavf-xatarga qaramay, Afg‘onistonga chegaradosh mamlakatlar tadbirkorlari va xususiy yuk avtoulovlari haydovchilari tijoratni qaytadan yo‘lga qo‘yishmoqda.

O‘zbekistonning Termiz shahridagi logistika markazi Afg‘oniston bilan yana ishlay boshladi. Afg‘onistonda rejim almashganidan so‘ng oradan ikki oydan ziyod vaqt o‘tib O‘zbekiston janubidagi chegaraoldi hududlar savdogarlari Tolibon bilan biznes qilish qiyin bo‘lsa-da, harqalay qilsa bo‘ladigan ish ekanini tan olishyapti.

Ammo haydovchilar chegarada uzoq ushlab qolishayotgani tufayli transport shirkatlari pul va vaqt yo‘qotayotganidan zorlanishadi.

“Hokimiyat almashdi, qonunlarni ham o‘zgartiryapti. Ilgari biz bu yerda atigi uch kun bo‘lardik – kirardigu chiqardik, hozir haftalab qolib ketyapmiz. Hamma narsani ko‘zdan kechirib, tekshirib, tarozida tortguncha xit qilib yuborishadi. Kompyuterni tushunadigan odamlari yo‘qmi, kim bilsin. Hamma narsa o‘zgardi, hokimiyat almashdi. Bir-birlarini tekshirishyapti. Kirish-chiqish juda qiyin bo‘lib qoldi”, deydi yuk avtomashinasi haydovchisi Rafiq Xo‘jakov.

O‘zbekistondan kelayotgan aksar yuk ulovlari uchun Afg‘oniston – so‘nggi manzil emas; karvonlar afg‘on hududi orqali Pokiston va Eronning dengiz bandargohlariga yo‘l olmoqda. Ushbu tijorat yo‘nalishida asosan Afg‘onistonning Mozori Sharif shahri bilan transchegaraviy savdo aloqalarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lmish Termiz kargo-markazi markaziy o‘rinni egallaydi.

“Biz avvalo, Pokiston portlariga eltuvchi tranzit yo‘li bilan bog‘langanmiz. Bu yo‘nalishda anchadan beri ish olib boryapmiz, yuklarni qabul qilyapmiz. Ammo aloqani avvalgi rejim davrida o‘rnatgan edik, hozirda rejim o‘zgargan – ishni qaytadan yo‘lga qo‘yishga, lekin endi boshqa odamlar bilan til topishishga to‘g‘ri kelyapti”, deydi “Termiz Kargo markazi” MChJ direktori Nodir Jalilov.

O‘zbek kargo-markazi bilan hamkorlik qiluvchi afg‘onlar toliblar rejimiga qaramasdan savdoni tiklash zarur, deb hisoblashadi. “Ular ham iqtisodiyotga loqayd bo‘la olishmaydi. Chunki Afg‘onistonga, afg‘on xalqiga un, shakar va boshqa mahsulotlar kerak. Yaxshi qo‘shnichilikdan ular manfaatdor”, deydi kargo-markaz hamkorlaridan biri Amrulloh Sa’dulla.

Haydovchilar toliblarning yuklarni uzoq vaqt tutib qolishayotganidan shikoyat qilavergach, Tolibon hukumatining mahalliy bojxona bo‘limi mudiri chegaraga bordi. Ammo Tolibon vakili Abdul Sattor Rashid bojxonadagi sustkashliklarni inkor etib, buni “propagandachilar g‘iybati” deb atadi.

“Xavfsizlik sohasida talay o‘zgarishlar bor. Hamma rozi: ishchilar ham, haydovchilar ham, qo‘shni mamlakatlar ham. Barcha xatar omillari bartaraf etildi, xususan talonchilik va o‘g‘irlikka chek qo‘yildi”, ta’kidlaydi u.

Tadbirkorlardan tashqari, O‘zbekiston hukumati ham toliblar bilan rasmiy aloqalarni o‘rnatgan. Oktabr oyi o‘rtalarida tomonlar Termizda muzokara qilishdi. Ammo munosabatlar iliqlasha boshlaganiga qaramay, O‘zbekiston toliblar hukumatini hanuz tan olgani yo‘q. 2020 - yilda ikki mamlakatning o‘zaro mahsulot aylanmasi hajmi chorak hissaga ortib, 776 mln dollarni tashkil qilgan edi.

Toliblar hokimiyatni bosib olishidan oldin esa, Kobul va Toshkent ushbu summani 2023 - yilda 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirgan.

Hozirda tomonlar o‘zaro qancha qiymatli savdo-sotiq qilganligi xususida tayinli ma’lumot yo‘q.

ЭКСКЛЮЗИВ: Толибон билан гаплашаётган Мирзиёев Афғонистон ўзбеклари дардини ҳам эшитадими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:37 0:00

XS
SM
MD
LG