Линклар

Шошилинч хабар
17 июл 2024, Тошкент вақти: 18:15

Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasi Tolibonga topshirildi - manbalar


O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Komilov Tolibon “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan. Kobul, 19-iyun, 2022
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Komilov Tolibon “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan. Kobul, 19-iyun, 2022

Kobuldagi manbalar Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasi Islom Amirligi ixtiyoriga topshirilgani haqida xabar bermoqda. O‘zbekiston tomoni hozircha bu borada rasmiy axborot bergani yo‘q.

Manbalarning AIP (Afghan Islamic Press) agentligiga aytishicha, Islom amirligi o‘z vakillarini Toshkentga jo‘natgan va rasmiy tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tgan.

Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Maulvi Mag‘furulloh Shahobni Afg‘oniston elchixonasi vakili sifatida olti oy avval Toshkentga yuborgan. Maulvi bu vaqt mobaynida siyosiy idora rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgani aytiladi.

Keyinroq Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Maulvi Mag‘furulloh Shahobni elchi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berildi. Ikki kun oldin esa u elchixona xodimlariga rasman elchi sifatida tanishtirildi.

Endilikda rasmiy uchrashuvlar va O‘zbekistondagi elchixona ishlarini yuritish uning zimmasiga yuklatildi.

Толибон билан хуфия ҳамкорлик. Шартни ким қўйяпти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:50 0:00


Sobiq elchi Ahmad Xolid Elmiyning vakolat muddati tugagach, Maulvi Mag‘furulloh Shahob elchilik vazifasiga kirishmoqda.

Maulvi Mag‘furulloh Shahob Afg‘onistonning hozirgi konchilik va neft vaziri Maulvi Shahobiddin Dilovarning o‘g‘li hisoblanadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz, Islom Amirligi hozirgacha 17 davlatga o‘z vakillarini yuborgan.

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi hozircha Tolibonga topshirilganicha yo‘q. Biroq Afg‘oniston Islom Amirligi vakillari bir muddat avval Afg‘onistonning Tojikiston Badaxshonidagi konsulligiga tashrif buyurgan.

Shu vaqtgacha bir qancha davlatlar o‘z diplomatlarini Afg‘onistonga yubordi. Ikki kun avval OAVda AQSH ham Kobuldagi konsullik faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

DXX raisining Kobulga tashrifi

O‘tgan hafta O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Kobulda Tolibonning muvaqqat mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashgani xabar qilingandi.

“Tolo news” xabariga ko‘ra, 1-fevral kuni o‘tgan muzokaralarda chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilingan.

Muhammad Yoqub “Islom amirligi rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikka tayyorligi”ni bildirgan.

2023-yil mart oyida Tolibon mulozimi O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Ergashevni qabul qilgandi.

Озодлик фильми: Тошкент Толибон билан Қўштепа борасида келиша олмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:33 0:00

Rasmiy xabarlarda O‘zbekiston tomoni “Tolibon” harakatiga siyosat, iqtisod, xavfsizlik kabi sohalarda ko‘mak taklif etgani ma’lum qilingan.

2023-yil oktabr oyida esa O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘lgan. “Tolibon” ma’muriyati Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovni kamaytirishni so‘ragan. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 milliard dollarga yetkazish istagini bildirgan.

O‘tmishda Tolibon boshqaruvini qat’iyan rad etgan Islom Karimov hukumatidan farqli prezident Mirziyoyev 2021-yil avgustida Kobuldagi hokimiyatni bosib olgan toliblar bilan muloqot va hamkorlik yo‘lini tanlagan.

2022-yil dekabrida Mirziyoyev "O‘zbekiston tomonga qarata o‘q otmagan" Tolibon hukumati bilan hamkorlikka tayyor ekani"ni aytgandi.

O‘zbekiston tomoni Tolibon hokimiyatga kelganidan ko‘p o‘tmay «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» transafg‘on temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha toliblar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

O‘tgan yil iyulida «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi qiymati 4,6 mlrd dollardan 8,2 mlrd dollargacha baholanayotgan loyiha bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichi boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Толибоннинг "ҳалокатли канали". Ўзбекистон нега жим?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:42 0:00

O‘zbekiston Tolibonning Afg‘oniston shimolidagi Qo‘shtepa kanali qurilishidan xavotir izhor qilgan, ayni paytda loyiha yuzasidan toliblar bilan hamkorlik qilishga hozirligini bildirgan. O‘tgan yil yozida ikki tomon vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish yuzasidan muzokaralar borayotgani ma’lum qilingandi. Muzokaralar natijasi hozirgacha noma’lum.

Ziddiyatli kanal qurilishining birinchi bosqichi yakunlangan, kanal to‘liq qurib bitkazilganida Afg‘oniston Amudaryodan 15 foizgacha suv olishi, bu esa O‘zbekiston va Turkmaniston uchun jiddiy muammo yaratishi aytiladi.

O‘tgan yil dekabrida ekologlar Qo‘shtepa kanalida yirik avariya yuz berganini aytishgan, ammo Tolibon buni rad etib chiqqandi.

XS
SM
MD
LG