Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:58

"O‘zbekiston uchun o‘lishga tayyorman". Mirziyoyevning Termizdagi nutqi saylovoldi chiqishini eslatdi


Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashida. 13-mart, 2023
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashida. 13-mart, 2023

13-mart kuni Surxondaryoga safar qilgan Shavkat Mirziyoyevning Xalq deputatlari viloyat kengashidagi chiqishi prezidentning viloyatlarga ishchi safaridan ko‘ra, saylovoldi targ‘ibotlarini yodga soldi.

“Katta-katta davlatlar aytyapti: O‘zbekiston, sen kim tomondasan? Neytral bo‘lib yurishing bo‘ldi endi. Yo u tomonga o‘t, yo bu tomonga.

O‘zbekiston aholisi 36 mln bo‘ldi, yaqinda 40 mln bo‘ladi. Katta davlatga aylanadi. Markaziy Osiyoda O‘zbekiston bizga kerak. Kim tomondasizlar?

Bunga mening javobim bitta: millatim, xalqim tomondaman, Buyuk O‘zbekiston manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman”, - dedi prezident.

Mirziyoyev u yoki bu davlat nomini tilga olmadi. U hozirga qadar Ukrainadagi urush haqida lom-mim demagan. Mirziyoyev hukumatining urushdagi "neytralligi" esa, Ukraina tomonining fikricha, ko‘proq Moskvadan ko‘ra, Kiyevga nisbatan neytrallikni anglatadi.

Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston manfaatlari uchun o‘lishga tayyor" ekani haqidagi so‘zlari amaldagi prezidentning uchinchi muddatga saylanishi uchun yo‘l ochishi kutilayotgan umumxalq referendumiga tayyorgarliklar boshlangan pallada yangradi.

O‘zbekiston Senati raisining o‘rinbosari Sodiq Safoyev yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilinishi amaldagi prezidentning muddatini "nollashtirishi"ni aytgan, ammo Mirziyoyevning o‘zi hozirga qadar 2026-yildagi keyingi rejalari haqida gapirmagan.

Konstitutsiyaviy sud: Referendumga monelik yo‘q

Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, O‘zbekistonning boshqa hamma qonunlari va xalqaro hujjatlarga to‘liq mos keladi. Bu xulosa O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov tomonidan 13-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan majlisda aytildi.

Konstitutsiyaviy sudning Asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan mazkur majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi omillarga duch kelinmagani ta’kidlangan.

Qonun loyihasi o‘tgan hafta yakunida Oliy majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumni shu yilning 30- apreliga belgilashga qaror qilingandi. Kiritilayotgan o‘zgartishlar natijasida Asosiy qonun 65 foizga o‘zgarishi, Konstitutsiya tarkibiga 27 ta yangi modda qo‘shilgan ortidan moddalar soni 155 taga chiqishi aytilgan.

Мирзиёевнинг Конституция ислоҳоти: Мақсад президент муддатини ноллаштиришми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:02 0:00

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “yangilangan yoki yangi Konstitutsiyaning to‘liq matni e’lon qilinadimi?” degan savol ustida bahslar avj olmoqda.

Foydalanuvchilarni eng ko‘p qiziqtirayotgan masalalardan biri Konstitutsiyaning 90-moddasiga kiritilajak o‘zgartishlardir. Tarmoq faollari mazkur moddaga kiritilgan o‘zgartishlar tufayli amaldagi prezidentning ikki muddati “nollashib”, uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yishi uchun unga yo‘l ochilishi yuzasidan xavotir bildirishmoqda.

Surxondaryolik faollarga bosim

Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi arafsida ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy fikr bildiradigan faollardan ayrimlari IIBga chaqirtirilib, tarmoqlarda prezidentga murojaat va negativ postlar qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan.

Termizlik 45 yoshli Nargiza Muqimovaning Ozodlikka aytishicha, Termiz shahar IIBning terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi uni prezident bilan uchrashishga harakat qilmaslik haqida ham ogohlantirgan.

“Bir necha kun oldin ichki ishlardan bir kelib keting deb chaqirishdi. Borsam oldimga qog‘oz qo‘yib, bunga yozing, prezident Termizga kelsa murojaat qilmaysiz, gapirmaysiz, oldiga chiqmaysiz. Men nima sababdan dedim. Sabab shu, chiqmaysiz, tamom, dedi xodim. Men esa o‘ldirsangiz ham yozib bermayman, dedim. Xullas, yozmay chiqib ketdim”, - deydi tarmoq faoli.

Nargiza Muqimova ikkinchi guruh nogironi. U prezidentga ijtimoiy ahvoli og‘ir ekanligi va undan yordam so‘rash uchun uchrashmoqchi bo‘lganini aytadi.

“To‘rtta bolam kiyim yo‘qligidan ancha payt maktabga borolmay yurdi. Sharoitimiz juda og‘ir, ko‘chada baklajka teramiz. Qo‘shnilarimiz ham bilib qolgan, ovqatlari qolgan bo‘lsa berishadi. Eski kiyimlarini berishadi. Rosti gap juda charchadim. Katta o‘g‘limni uylantirishim kerak. O‘zi ko‘p umrim qolmadi, orqa miyamda o‘simta bor. Faqat nogironlik, bolalar nafaqasi bilan yashaymiz. Shunchaki, prezidentdan yordam so‘ramoqchi edim, xolos”.

"Ҳақиқат йўқ": Блогер Отабек Сатторий 6,5 йилга қамалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:21 0:00

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi chiqishida yana bir marta o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazish haqida gapirib, buning uchun o‘qituvchilar ham "o‘zini qiynashi" kerakligini aytdi.

Ismi sir qolishini so‘ragan termizlik o‘qituvchining Ozodlikka aytishicha, 13-mart kuni erta tongdan prezident tashrif buyuradigan joylar "qattiq nazoratga olingan".

“Prezident Surxondaryoga keldi. Uning kelishiga belgilangan joylar bor. Faqat o‘sha joylarga boradi. Rejadan tashqari biror joyga chiqmaydi, buni xalq tushunib bo‘ldi. Shuning uchun ham prezident bilan uchrashishga oshiqmaydi. Chunki yaqiniga ham yo‘lattirishmaydi. Prezident keladigan joyning atrofi kamida bir kilometr hudud muzlatiladi. Oddiy xalq yetib borolmaydi. Bugun ham soat oltidan xavfsizlik xodimlari kelib qorovullab o‘tiribdi”, - deydi Ozodlikka xavfsizlik bois ismini ochiqlamaslikni so‘ragan termizlik o‘qituvchi.

BMT Oliy komissarining tashrifi

Prezident Mirziyouev Surxondaryoga safar qilgan 13-mart kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk tashrif buyurdi.

Bu BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining 2018-yildan buyon O‘zbekistonga ilk tashrifi. BMT mulozimi Toshkentda rasmiylar bilan birga fuqaro jamiyati vakillari va ro‘yxatga olinmagan siyosiy muxolifat faollari bilan uchrashgan.

2021-yilgi prezident saylovlari arafasida tashkil etilgan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan "Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik" demokratik partiyasi yetakchisi, professor Xidirnazar Allaqulov Feysbukka joylashtirgan videosida BMT mulozimi bilan suhbatda inson huquqlari buzilishlari va hukumat hamda kuch ishlatar tizimlarning faollarga bosimi haqidagi gapirib berganini bildirdi.

Folker Tyurk Qoraqalpog‘istonga ham tashrif buyurishi rejalangan. Birlashgan Millatlar va G‘arb davlatlari O‘zbekiston hukumatini o‘tgan yil yozida Nukusdagi qonli namoyishlar chog‘ida haddan tashqari kuch ishlatgan xavfsizlik xodimlarini javobgarlikka tortishga chiqarib keladi.

XS
SM
MD
LG