Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:22

O‘zbekiston xorijdan yana 5,5 milliard dollargacha qarz olmoqchi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Keyingi yilda O‘zbekiston nomidan va kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 milliard dollar miqdorida bo‘ladi.

2025-2027-yillar uchun ishlab chiqilgan Budjetnoma loyihasiga ko‘ra, mazkur mablag‘dan 3 milliard dollari davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishga, qolgan qismi esa investitsiya loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yil yakunida davlat qarzi YIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025-2027-yillarda 36,7-37 foiz oralig‘ida bo‘lishini prognoz qilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ishonilsa, joriy yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 37 milliard dollarni (YIMga nisbatan 33,2 foiz) tashkil qilgan.

Mamlakat tashqi qarzi bilan bog‘liq statistika turlicha. Ayrim xalqaro moliya tashkilotlari hisobotlarida bu raqam 40-45 milliard atrofida ekani aytiladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tahlillari esa mamlakatning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshgan, degan taxminga yetaklaydi.

Faollar korrupsiya avj olgan O‘zbekistonning tobora ko‘proq qarzga botayotganidan xavotir bildirib keladi. Ayrim tahlilchilar qarz olishga mukkadan ketish mamlakatni defoltga olib borishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

XS
SM
MD
LG