Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 10:44

O‘zbekiston yuborgan 18,5 tonna pomidor Rossiyaga kiritilmadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) mintaqalararo boshqarmasi Nijniy Novgorod viloyatiga O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidor partiyasini olib kirishga ruxsat bermadi.

“Kommersant” nashri xabariga ko‘ra, nazorat idorasi ushbu taqiqqa asos o‘laroq pomidorlar jigarrang bujmayish virusi (ToBRFV) bilan kasallanganini ko‘rsatgan.

Bu hol laboratoriya tekshiruvida aniqlangani aytilgan.

Rosselxoznadzor kasallangan mahsulotlar egasi tomonidan zararsizlantirilishi, yo‘q qilinishi yoki O‘zbekistonga qaytarilishi talabini qo‘ygan.

ToBRFV virusi barglarda mozaika va deformatsiyaga, mevalarda jigarrang ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Virus yuqqan sabzavotlar yaroqsiz holga keladi.

Rosselxoznadzor avval ham virus topildi degan iddao bilan O‘zbekistondan yo‘llangan pomidorga taqiq qo‘ygani ma’lum.

Tahlilchilar Rossiya geosiyosiy maqsadlar vajidan ham Markaziy Osiyo oziq-ovqat mahsulotlariga taqiq qo‘yadi, degan fikrdalar.

XS
SM
MD
LG