Линклар

Шошилинч хабар
15 июн 2021, Тошкент вақти: 09:40

O‘zbekistonda AES qurayotgan "Rosatom" Moskvada Beriyaning ikkita haykalini o‘rnatadi


Putin va Mirziyoyev 2018 - yil 19 - oktabrida O‘zbekistondagi birinchi AES loyihasiga start bergan

“Rosatom” davlat korporatsiyasi Moskvadagi VDNX ko‘rgazmasining atom energiyasiga bag‘ishlangan pavilyonida SSSRning sobiq ichki ishlar narkomi (noziri) Lavrentiy Beriyaning ikki haykalini o‘rnatmoqchi. Figuralar jismi oynaplastikadan yasalishi va vandalizmga chidamli bo‘lishi talab etilmoqda, deb xabar beradi “Ochiq media” nashri.

NKVD sobiq rahbariga haykalni sovet atom loyihasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar zalida o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Vandalizmga chidamli Beriyada “o‘ziga xos usulda ishlab chiqilgan” silikon kalla, akrildan ko‘zlar hamda tabiiy sochlar bo‘lishi kerak, deb aytilgan davlat haridlari portalida keltirilgan haykal borasidagi talablarda. “Rosatom”ga Beriyalar ishtirokidagi ko‘rgazma 1,28 milliard rublga tushadi, shundan qanchasi bevosita sobiq narkomga to‘g‘ri kelishi noaniq.

Beriya Sovet Ittifoqidagi ommaviy qatag‘onlar va siyosiy qatllarga bevosita mas’ul shaxs bo‘lgan
Beriya Sovet Ittifoqidagi ommaviy qatag‘onlar va siyosiy qatllarga bevosita mas’ul shaxs bo‘lgan

Beriya Davlat Mudofaa qo‘mitasi qoshidagi maxsus qo‘mita raisi sifatida Sovet Ittifoqida atom quroli va atom energetikasini yaratish loyihasiga rahbarlik qilgan. “Rosatom” vakilining “Ochiq media”ga aytishicha, Beriyaning tashkilotchilik qobiliyatlari tufayli Sovet Ittifoqi “qisqa muddatda AQShning atom quroli borasidagi monopoliyasiga barham berishga muvaffaq bo‘lgan”.

Beriya haykallari “ko‘rgazma hududida tegishli muhitni yaratishda muhim rol o‘ynaydi”, deyiladi ko‘rgazmaning dizayn-loyihasida.

. U butun boshli xalqlarni, jumladan nemis, karachar, chechen, qalmiq va boshqa millatlarni zo‘ravonlik bilan ko‘chirtirilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

Beriya rahbarligida siyosiy qatag‘onlar O‘zbekistonda ham amalga oshirilgan, ular asosan, respublikaning siyosiy arboblari va ziyolilar qatlamini qamrab olgan.

Stalin 1953 - yilda vafot etgach, SSSR rahbariyatining hokimiyat uchun kurashi davomida Beriya ham qatl etilgan. Beriyaga qarshi ba’zi bir soxta ayblovlarga qaramay, Rossiya Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 2000 - yildagi tavsifiga ko‘ra, Beriya siyosiy qatag‘onlar tashkilotchisi bo‘lgani uchun oqlanishga noloyiq, deb topilgan.

“Rosatom” O‘zbekistonda qiymati 11 milliard dollardan 20 milliardgacha bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurmoqda.

O‘tgan yil 21 - dekabrida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Jizzax viloyati hududida qurilishi rejalanayotgan AES bo‘yicha shartnoma bitib qolganini aytgan.

Rus diplomatiga ko‘ra, bu borada faqat texnik jihatlar va narx masalasini ko‘rib chiqish qolgan, xolos.

XS
SM
MD
LG